Chiroqchi tuman xalq ta’limi bo'limi mudirining maktab direktorlari, xalq ta’limi tizimi xodimlari va ota-onalarga
M U R O J A A T
Aziz ota-onalar!
Hurmatli xalq ta’limi xodimlari!
Butun dunyoni bugungi kunda tashvishga solayotgan koronavirus infeksiyasiga qarshi butun dunyo, jumladan, davlatimiz ham faol kurash olib bormoqda. Muhtaram yurtboshimiz boshchiligidagi hukumatimiz ham mamlakatimizda aholi salomatligi, ularning osoyishtaligini o‘ylab, tizimli va tartibli ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining tashkilotchiligi va tashabbuskorligi tufayli jonkuyar, fidoyi o‘qituvchilarimiz masofadan turib shogirdlari bilan ta’lim-tarbiya jarayonini izchil davom ettirmoqdalar. Zarur fanlar onlayn olimpiada musobaqalarida o‘quvchilarimiz masofadan turib qatnashmoqdalar.
Joriy yilning 30 mart kunidan boshlab, soat 8:30 dan har kuni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 4 ta kanal orqali o‘quvchilarimiz uchun Respublikamizdagi eng salohiyatli va malakali o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlari olib boriladi. Ushbu televizion darslar jadvali va tavsiyalari barchaga yetkazilgan.
Qadrli ota-onalar!
Hurmatli ustozlar va murabbiylar!
Ushbu sinovli kunlarda farzanlarimiz ta’lim - tarbiyasiga befarq bo‘lmaylik! Masofadan o‘tkaziladigan dars mashg‘ulotlarini har kim o‘z uyidan kuzatib borishini ta’minlaylik. Shu kunlarda ota-onlarimizni uydaligi, farzandlarining ta’lim-tarbiyasi bilan doimiy hamkorlikda shug‘ullanishiga muhim omil bo‘layotganligi katta ahamiyatga ega.
Aziz ota-onalar! Kelajagimiz davomchilari bo‘lgan farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasiga befarq bo‘lmaylik.
Televideniya orqali beriladigan dars mashg‘ulotlariga farzadlarimizning to‘liq ishtirokini ta‘minlashda ko‘makdosh bo‘laylik. Zero, yurtimiz kelajagi yoshlarimiz qo‘lida ekanligini unutmaylik.
Boboqul Qoraboev Chiroqchi tuman xalq ta’limi bo'limi.