
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri
(15-mart) 66 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa koronavirus sabab vafot etdi.
O‘zbekistondan tashqari Avstriya, Armaniston, AQSh, BAA, Janubiy Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand va Qozog‘istonda ham jami 23 nafar vatandoshda koronavirus aniqlangan, ulardan uch nafari (barchasi AQShda) vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy edi.