Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 1-iyunga qadar uzaytirildi

--- 15-май, 08:169 1 173

O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 1-iyunga qadar uzaytirildiJoriy yilning 13 may kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan epidemiologik vaziyat jilovini mahkam ushlagan holda karantin talablarini yumshatishni bosqichma-bosqich davom ettirish orqali iqtisodiy faollikni tiklash hamda aholining ishlashi va daromad olishini ta'minlash bo'yicha muhim chora-tadbirlar belgilab berildi.


Xususan, “yashil” va “sariq” hududlarda sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy amal qilgan holda xizmat ko'rsatish turlariga bosqichma-bosqich ruxsat berish mumkinligi qayd etildi.

Shu bilan bir qatorda videoselektor yig'ilishda ba'zi joylarda berilgan erkinlikni noto'g'ri tushunib, aholi, ayniqsa, yoshlar hech qanday zaruratsiz ko'chalarni to'ldirib yurishi holatlari kuzatilayotganligi ko'rsatib o'tildi. Bunday holatlar hamda oxirgi kunlarda infeksiya yuqtirganlar soni yana oshayotgani hammani hushyor bo'lishga chaqiradi.

Shu munosabat bilan Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 14 maydagi qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020 yil 1 iyunga qadar uzaytirildi.

Shu bilan birga 2020 yil 15 maydan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ham ruxsat berilmoqda:

a) “qizil” toifadagi hududlarda:

- yakka tartibdagi hunarmandchilik;
- avtomobillarga va qishloq xo'jalik mashinalariga texnik xizmat ko'rsatish;
- elektron qurilmalarni (kompyuter va maishiy texnika vositalari) va aloqa vositalarini ta'mirlash;
ijara va lizing xizmatlari;

- buxgalteriya sohasiga oid xizmatlar (auditorlik, soliq maslahati va boshqalar) ko'rsatish;
b) “sariq” toifadagi hududlarda “qizil” toifadagi hududlarga qo'shimcha ravishda:

- rieltorlik faoliyati;
- reklama va marketing faoliyati;
- xususiy bandlik agentliklari faoliyati;
- mehmonxonalarga o'z oshxonalarida ovqat pishirish hamda xonalarga yetkazib berish;
- park va istirohat bog'lari (attraksionalar, ko'ngilochar ob'ektlar hamda tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari faoliyati bundan mustasno) faoliyati. Bunda park va istirohat bog'lariga kirish karantin talablariga qat'iy rioya qilgan holda soat 09-00 dan 20-00 ga qadar 2 nafar shaxsdan ko'p bo'lmagan guruhlarda (oilaviy guruhlar bundan mustasno) amalga oshiriladi;
v) “yashil” toifadagi hududlarda “sariq” va “qizil” toifadagi hududlarga qo'shimcha ravishda:

- ochiq sun'iy qoplamali sport o'yingoxlari (tashrif buyuruvchilar sonini cheklash sharti bilan, yechinish va yuvinish xonalaridan foydalanmagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
- kompyuter (skaner, nusxa ko'chirish, matn terish, chop etish) va poligrafiya xizmatlari;
- muzeylar faoliyati (tashrif buyuruvchilar sonini cheklagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
veterinariya xizmatlari;

- binolarga xizmat ko'rsatish va landshaftni obodonlashtirish faoliyati.
O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
INTERAKTIV XIZMATLAR