Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Karantin hududidagi homilador ayol farzandli bo‘ldi

--- 13-июн, 14:269 1 829

Xabaringiz bor tumanimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanib, karantin qoidalari qayta joriy qilindi. 12 iyun kuni kechki soat 23:20da Ko‘kdala hududiy shifoxonasi tug‘ruq majmuasiga olib kelingan annaro‘zlik homilador ayolda tulg'oq boshlangan edi. Qorin qismida dardsimon og‘riq bilan majmuaga olib kelingan ayolga homiladorlik 3, 39 haftalik, tug‘ruq 3, tug‘ruqning birinchi davri. Bachadon chandig'i (2014) tashxisi qo‘yildi.
Tuman tibbiyot birlashmasining xabar berishicha, tug‘ruq majmuasiga olib kelingach, birinchi navbatda, tahlillar olindi, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Unda malakali shifokorlar, jumladan, akusher-ginekolog S.Jumaev, reanimatolog-anisteziolog kabi qator mutaxassislar ishtirok etib, zarur va tezkor davo muolajalari olib borildi.

Joriy yil 12 iyun kuni homilador ayolda tug‘ruq boshlangan. Jonkuyar shifokorlarimizning sa’y-harakatlari bilan 13 iyun erta tongda farzandli bo‘ldi. Chaqaloq 4200 gr. Apgar bo`yicha 7 ball. Bo`yi 50 sm. Eng muhimi, tug‘ruqdan keyingi davrda ayolning hayotiga xavf soluvchi asoratlar kuzatilmadi.

Yanada quvonchlisi esa, chaqaloqdan koronavirusga olingan tahlil natijalari yosh murg‘akda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Ayni paytda chaqaloqning holati qoniqarli bo‘lib, onasi bilan birga shifokorlarning tibbiy kuzatuvida bo‘lib turishibdi.


J.Xudaynazarov,
Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig'i o'rinbosari. 

O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Февраль 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728 
INTERAKTIV XIZMATLAR