Ишонч телефони:

+99 875 562 30 09

O‘zbekistonda karantin 15-iyungacha uzaytirildi. “Yashil” hududlarga to‘y-ma’raka o‘tkazishga ruxsat berildi

--- 30-май, 10:349 1 094


Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020-yil 15-iyunga qadar uzaytirildi.
Shu bilan birga, 1-iyundan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ham ruxsat berilmoqda:
“Qizil” hududlarda:
  • rieltorlik faoliyati;
  • reklama va marketing faoliyati.
“Sariq” hududlarda “qizil” hududlarga qo‘shimcha ravishda:
  • avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar faoliyati (bunda nazariy mashg‘ulotlar masofadan turib (onlayn) o‘qitish orqali amalga oshirilishi, amaliy mashg‘ulotlar esa sanitariya talablariga qat’iy rioya qilgan, shu jumladan, tibbiy niqob, tibbiy qo‘lqopdan foydalangan hamda avtotransport vositalarini dezinfeksiya qilgan holda tashkil qilinishi lozim);
  • davlat tashkilotlarida autsorsing asosida ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati.
“Yashil” hududlarda “sariq” hududlarga qo‘shimcha ravishda:
  • sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyati (xostellar bundan mustasno);
  • sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyati;
  • oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish.
Bunda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat beriladi.
O‘z navbatida karantin davrida oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishning belgilangan talablarini buzgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududlari epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib 8-maydan e’tiboran, “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratib chiqilgan edi. 15-maydan barcha toifalardagi hududlarda ayrim karantin cheklovlari yanada yumshatilgan. 26-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar sonining ortishini joylarda nazorat susaygani bilan bog‘langandi. Shuningdek, Prezident hali karantin tugamaganiga alohida urg‘u bergan edi.
Ўхшаш янгиликлар

Янгиликларга обуна бўлинг

Бизнинг хабарномамизга обуна бўлиш учун қуйидаги электрон почта манзилингизни киритинг

Биз ижтимоий тармоқларда
Календарь
«    Март 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
ИНТЕРАКТИВ ХИЗМАТЛАР