Ишонч телефони:

+99 875 562 30 09

O‘zbekistonda g‘allaning gektaridan 20 sentnerdan kam hosil olgan fermerdan yer olib qo‘yiladi

--- 18-июн, 11:129 1 024
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida joriy yilda belgilangan me’yordan kam g‘alla olgan fermer va klasterlardan yer qaytarib olinishi haqida gapirdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.
                    

“Bu yil qilingan barcha chora-tadbirlar, o‘z vaqtida yetkazib berilgan o‘g‘it, agrotexnik tadbirlar, qolaversa, ob-havoning qulay kelgani sababli g‘allachilikda mo‘l hosil kutilyapti. Endi iloji boricha g‘allamizni tez yig‘ishtirib olib, bir kun oldin bo‘lsa ham eksport mahsulotlarini eksak, hozirgi iqtisodiyotimizga madad bo‘ladi. Masalan, Yozyovon tumanidagi “Bahrombek” fermer xo‘jaligi 95 sentner hosil olyapti”, — degan davlat rahbari.
Shuningdek, Termiz, Paxtakor, Sayxunobod tumanlaridagi bir qator fermer xo‘jaliklar ham 80-90 sentnerdan hosil olishni rejalashtirayotgani qayd etib o‘tildi.
Davlat rahbari bu hosildorlik nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishini, balki fermerni ham boy qilishini ta’kidlagan.
“Shu o‘rinda yana bir gapni aytmoqchiman. Mana, Barnoyev o‘tiribdi selektorda. Agar qaysi viloyatda 20 sentnerdan kam hosil olinsa, menga ma’lumotnoma yozib, yerni olasiz. Mana shunday sharoitda mo‘l hosil olmagan fermer yerning egasi emas”, — deya ta’kidlagan Prezident.
Eslatib o‘tamiz, Prezident rahbarligida 16-iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, yoshlarni ish bilan ta’minlashichki turizmnirivojlantirish, g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi masalalari muhokama qilindi.
Ўхшаш янгиликлар

Янгиликларга обуна бўлинг

Бизнинг хабарномамизга обуна бўлиш учун қуйидаги электрон почта манзилингизни киритинг

Биз ижтимоий тармоқларда
Календарь
«    Апрель 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 
ИНТЕРАКТИВ ХИЗМАТЛАР