Ишонч телефони:

+99 875 562 30 09

Chiroqchi tumanida 17 nafar mahkum muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilindi

yangiliklar 05-янв, 16:079 464
Chiroqchi tumani Ichki ishlar boshqarmasi Probasiya guruhi tomonidan kiritilgan, sud hukmi bilan jazo o‘tayotgan 17 nafar mahkumlarning jazosini muddatidan ilgari shartli ozod qilish haqidagi taqdimnomalari Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi raisi Ashurali Tashev ishtirokida tuman xalq ta’limi bo‘limi majlislar zalida ochiq sud tartibida ko‘rib chiqildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi tomonidan o‘tkazilgan ochiq sud majlisi davomida mahkumlarga nisbatan xalqimizga xos insonparvarlik tamoyillari amalda qo‘llanilib, jazoni o‘tash tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 17 nafar ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan mahkumlar JKning 73-moddasiga asosan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.
Kechirimlilik, bag‘rikenglik xalqimizga xos fazilat. Davlatimiz tomonidan yo‘ldan adashganlarga imkon berilib, jinoyat sodir etgan shaxslarga sodir etgan jinoyatining ijtimoiy xavfliligini tushunib yetishiga, tuzalish yo‘liga o‘tib, jamiyatga nafi tegadigan inson bo‘lib qaytishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

✍️Ashurali Tashev,                                                                                                                                      
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi raisi.
Ўхшаш янгиликлар

Янгиликларга обуна бўлинг

Бизнинг хабарномамизга обуна бўлиш учун қуйидаги электрон почта манзилингизни киритинг

Биз ижтимоий тармоқларда
Календарь
«    Апрель 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 
ИНТЕРАКТИВ ХИЗМАТЛАР