Qashqadaryo viloyatida yagona hisoblangan Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ta’sischiligida Chiroqchi tumanida “Tomorqachilik ilmiy-amaliy markazi tomorqa xizmati” MCHJ tashkil etildi.
MCHJga tumanning "Qirg‘iz" mahallasidagi bir gektar yer maydonida aholi tomorqalariga yetakazib berishga mo‘ljallangan 350 ming to‘p ko‘chat yetishtirishga ixtisoslashtirilgan zamonaviy issiqxona, 16 ming bosh jo‘ja ochirishga mo‘ljallangan inkubasiya, 3000 bosh nasldor tovuqlarni parvarishlashga ixtisoslashtirilgan tovuqxona, zotdor nasl beruvchi quyonlarni ko‘paytirishga mo‘ljallangan quyonxona, 400 tonnalik sig‘imga ega bo‘lgan muzlatgich va namunaviy ko‘chatchilik, bog‘dorchilik tashkil etishga mo‘ljallangan kompleks faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi.
Bugun viloyat hokimi Murodjon Azimov boshchiligida viloyat sektor rahbarlari komleksda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi. Ularga tuman hokimi Nodir Erkayev va sektor rahbarlari hamroxlik qilishdi.

Viloyat rahbari komleksda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishib, mahalliy aholi va kompleks o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish xususida to‘xtaldi. - Markaz bilan hamkorlikda aholi tomorqasida issiqxonalar tashkil etish orqali gulchilik, ko‘chatchilik, limonchilik, quyonchilik, parrandalarni rivojlantirish, tomorqadan samarali foydalanish, "Bir mahalla - bir mahsulot" tamoyili asosida eksportbop mahsulot yetishtirish orqali fuqarolarni tadbirkorllika o‘rgatamiz, - dedi viloyat hokimi M.Azimov kompleks faoliyati bilan tanishishi davomida.
Albatta, tomorqachilikni rivojlantirish yo‘lida markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi kelgusida aholini tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirishga va shaxsiy tomorqalaridan samarali foydalanishiga, yiliga kamida 2-3 marta hosil olishiga, pirovardida hududdagi bozorlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan boyitilishiga xizmat qiladi.