Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

LANGARNING LALMI YERLARIDA BOG' YARATILADI

yangiliklar 14-фев, 12:099 563
Chiroqchi tumanining chekka va tog‘li hududlari aholi asosan chorvachilik bilan shug‘ullanadi.
Oqova suv tanqis bo‘lgani bois minglab gektar qir-adirlarda joylashgan maydonlarda lalmi usulda dehqonchilik qilinadi. Bahor seryog‘in kelgan yillari hosildorlik nisbatan yaxshi, qurg‘oqchilik kelsa, lalmi ekinlarning unumi juda past bo‘ladi.  Ammo bugun agrosanoat sohasida shunday rivojlangan intensiv texnologiyalar qo‘llanmoqdaki, ular yordamida hatto, toshloq yerlarda ham ekinlar ekilib, yuqori hosil olinmoqda.  
Ayni paytda Chiroqchida ham yerdan samarali foydalanish, aholi daromadini oshirish maqsadida tog‘ yon-bag‘irlarida bog‘zorlar uzumchilik, pistachilik, yong‘oqzor va anorzorlarni tashkil etish ishlari boshlab yuborildi. Tumanning tog‘li "Langar" mahallasidagi tog‘ yon-bag‘irlarida 200 gektar lalmi maydonlarda bog‘ va uzumzorlar yaratiladi.

Bugun tog‘li "Langar" mahallasida bo‘lgan tuman hokimi Nodir Erkayev mahalla mas’ullari va fuqarolar bilan uchrashdi. Mahalliy aholi vakillari bilan bo‘lgan muloqot davomida tuman rahbari lalmi yerlarda intensiv usulda bog‘zorlar tashkil etish afzalliklari va berilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
Lalmi yerlarda intensiv te’xnologiyalar asosida bog‘zorlar tashkil etilishi kelgusida hududda aholi bandligini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi tayin, ammo hamma gap mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib, loyihalarni amalga oshirishda. Yana 4-5 yildan keyin hududda jahon bozorida talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar yetishtirilib, xalqimiz dasturxoniga tortiq qilinadi.



O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
INTERAKTIV XIZMATLAR