Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

SEKTOR RAHBARLARI PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI BILAN UCHRASHDI

yangiliklar 19-окт, 11:039 775
Madaniyat markazi majlislar zalida Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov rahbarligida tuman IIB boshlig‘i polkovnik Aktamali Beshimqulovlar mahallalarda xizmat vazifasini olib borayotgan profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan uchrashuvda, sohada ijro intizomi va qonuniylikka rioya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, mahalla beshligi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini takomillashtirish hududlarda “Obod va havfsiz mahalla” tizimida ishlarni manzilli tashkil etish xususida so‘z yuritildi. 
Shuningdek, aholining ijtimoiy maishiy va boshqa kriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi muammolarni aniqlash va bartaraf etish, profilaktika inspektorining ishini yengillashtirish bilan birga ish natijadorligini oshirish borasidagi takliflari ham o‘rganildi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.



O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Ноябрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
INTERAKTIV XIZMATLAR