Prezidentimiz tomonidan ishsiz yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida bog‘ va tokzorlar orasiga ekin ekib, doimiy va qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishlarida "Qashqadaryo tajribasi" yaratilishi topshirig‘i berilgan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Chiroqchi tumanida amaliy ishlar olib borilmoqda. Tumanning Qirg‘iz mahallasida 8 gektar maydonga "Yoshlar bog‘i" tashkil etilib, o‘rik nihollari yerga yaxshi niyatlar bilan qadaldi.
Tadbirda tuman hokimi Fayzulla Yusupov boshchiligida sektor rahbarlari, nuroniy otaxonlar hamda yoshlar ishtirok etishdi. Loyiha doirasida yangi bog‘ va bog‘ qator orasiga piyoz va sarimsoqpiyoz urug‘lari yerga sochildi.
Ma’lumot o‘rnida yoshlar bandligini tumanda ta’minlash maqsadida 60 gektar yer maydonlarida yangi bog‘lar tashkil etilib, bog‘ qator orasiga piyoz va sarimsoqpiz urug‘lari ekilmoqda. Shuningdek, 16 gektar bog‘ va tokzorlar orasiga to‘qsonbosi ekinlari ekilishi natijasida 152 nafar yoshlar bandligi ta’minlanadi.