Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Videochatda ko‘tarilgan muammolar mas’ullar e’tiborida

yangiliklar / murojaatlar 16-янв, 19:079 755
Xabaringiz bor, o‘tgan 2023 yilning 7 dekabr kuni Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov telegram ijtimoiy tarmog‘idagi @CHIROQCHIOVOZI telegram kanalida xorij davlatlarida mehnat qilayotgan chiroqchiliklar hamda tumanimiz fuqarolari bilan onlayn videochat orqali suhbatlashgan edi. 
Videochat davomida tumanimiz fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan muammolar mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilmoqda. Xususan bugun tuman hokimining o‘rinbosari Boyqobil Norqobilov Zarbdor mahallasida istiqomat qilayotgan Iskandar Erkayev tomonidan piyodalar yo‘lagi qurish xususida ko‘tarilgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi. 
O‘rganishlar davomida mahalladagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi va 12-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotiga olib boruvchi 1.5 km ichki xo‘jalik yo‘li yoqasida piyodalar yo‘lagi qurilishi xususida chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, tumanning Yangiobod ko‘chasi, 6-uyda yashovchi fuqaro Mirvali Jo‘rayev tomonidan bildirilgan murojaat o‘z yechimini topdi. Tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi yo‘lsozlari tomonidan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi yonidan o‘tgan "4N 282 Chiroqchi aylanma yo‘li"ning 2-kilometrida piyodalar yo‘lagi chizilib, yo‘l belgisi o‘rnatildi.
Qahramon mahallasida istiqomat qilayotgan fuqaro Eldor Norbutayev tomonidan mahalladagi 1.5 km ichki xo‘jalik yo‘liga shag‘al yotqizish bo'yicha bildirilgan murojaati joyiga borib o‘rganildi va shag‘allashtirish ishlari 2024 yilning I-choragi davomida amalga oshirilishi belgilandi. 
Bundan tashqari, tumanning Qizilchovra mahallasida yashovchi fuqaro Qalandar Karimov tomonidan ko‘tarilgan tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish xususida bildirilgan murojaat ham mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar davomida fuqaro tomonidan ichki xo‘jalik yo‘lini shag‘allashtirish yuzasidan bildirilgan murojaati hashar yo‘li orqali amalga oshirilganligi fuqaroga tushuntirildi.

Videochatda ko‘tarilgan har bir masala xususida olib borilgan amaliy ishlarni e’tiboringizga hamovla qilib boramiz. Zero, odamlar dardini eshitish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Binobarin, ayni shu tamoyil asosida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, keyingi to‘rt-besh yil ichida qishlog‘u, xonadonlargacha kirib bormoqda.
O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
INTERAKTIV XIZMATLAR