Chiroqchi tumani markazida joylashgan "Chiroqchi dehqon oziq-ovqat bozori" oldidan o‘tgan Xonjon ko‘chasida avtortansport vositalari tirbandligini oldini olish hamda Xonjon va Mustaqillik ko‘chalari kesishmasida piyodalar yo‘lagida "yoyma ko‘cha savdo"lariga chek qo‘yish maqsadida ulkan qurilish bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Qurilish maydoniga aylangan Xonjon va 4 N 282 Chiroqchi aylanma yo‘li ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan 750 metr masofada yo‘l hajmi 12 metrga kengaymoqda. Amalda 20 metr bo‘lgan Xonjon ko‘chasi, qurilish ta’mirlash ishlaridan so‘ng 30 metrga kengayadi. Bu bilan avtotransport vositalari tirbandligini oldi olinadi. 2024 yil davomida Xonjon ko‘chasidagi "Qarshi-Toshkent" avtoturargohi uchun ham alohida avtoturargoh tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Tuman hokimi Fayzulla Yusupov boshchiligida sektor rahbarlari Xonjon ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishib, yo‘lsozlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berishdi. Shuningdek, sektor rahbarlari Mustaqillik ko‘chasi bo‘ylab, piyodalar yo‘lagida "yoyma ko‘cha savdosi" bilan shug‘ullanib kelayotgan sotuvchilar bilan uchrashib, ularga dehqon va buyum bozorlarida alohida savdo nuqtalari ajratilishi va belgilangan yerda qonuniy savdo amaliyoti bilan shug‘ullanishlari xususida tavsiyalar berishdi.

Shu kunning o‘zida sektor rahbarlari dehqon va buyum bozorlarida "yoyma ko‘cha savdo"lari bilan shug‘ullanib kelayotgan sotuvchilar uchun ajratilgan savdo nuqtalarini ham ko‘zdan kechirib, har ikki bozor mas’ullariga "yoyma ko‘cha savdo"lari bilan shug‘ullanib kelayotgan sotuvchilar uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berishdi.
Joriy yilning 25 yanvar sanasida tuman hokimi "yoyma ko‘cha savdosi" bilan shug‘ullanuvchi sotuvchilar bilan учрашиб, ularga belgilangan savdo nuqtalarida faoliyatini davom ettirishi kerakligini tushuntirib, ularni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi edi.