Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Chiroqchi tumani hokimi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

yangiliklar 17-фев, 14:439 86
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi qaroriga muvofiq "Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi" ko‘krak nishoni ta’sis etilgan.
Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi, hududda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi hamda Chiroqchi tumanida ommaviy sport targ‘iboti, uning jismoniy va ma’naviy barkamollikning asosi ekanini targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni saralab olish borasidagi mehnati, malakali kadrlarni tayyorlashdagi jonbozligi uchun Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov "Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

"Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo o‘yinlari hamda jahon, Osiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan, Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib kelayotgan sportchilarning murabbiylari, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan soha vakillari taqdirlanadi.
O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Март 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31 
INTERAKTIV XIZMATLAR