Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Chiroqchida vodiy tajribasi asosida bog‘ yaratmoqda

yangiliklar 20-мар, 17:519 549
Tumanning Mustaqillik mahallasida 7 gektar yer maydoni lazerli uskunalar yordamida tekislanib, vodiy tajribasi asosida bog‘ yaratilmoqda.
Tadbirkor O‘g‘iloy ona Mingnorova o‘zi yashab turgan Mustaqillik mahallasidagi 7 gektar yer maydonini auksion savdosi orqali 30 yilga foydalanish huquqi bilan sotib olgandan so‘ng, ishni darrov boshlab yubordi. Farg‘onalik bog‘bonlar ishni ko‘rgan tadbirkor ular bilan uchrashdi va intensiv bog‘ yaratish niyatida ekanligini bildirdi...
Yangi tashkil etilayotgan 7 gektar yer maydoni lazerli uskunalar yordamida tekislanib, 1350 tup olmaning "Pinklidi", 670 tup "Mavzer" va 670 tup "Vilyamski" navli nok, 350 tup o‘rikning "Vondpirkod" hamda 320 tup shaftolining "Bigben" navlari olib kelindi.
Intensiv bog‘da quvalik bog‘bonlar mahalliy aholi vakillari bilan birga olib kelingan serhosil daraxt nihollarini yerga qadashmoqda. Keyingi yil hosilga kirishi kutilayotgan bog‘da yetishtirilgan mahsulotlar nafaqat ichki bozorga balki, eksportga ham chiqarilishi rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Ноябрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
INTERAKTIV XIZMATLAR