Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Chiroqchida g‘alladan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin yetishtirilmoqda

yangiliklar 31-июл, 10:069 30

Chiroqchi tumanida g‘alladan bo‘shagan 450 gektar yer maydonlarida Rossiya va Pokistondan keltirilgan "Zarzara", "Gala" va "Esma" kabi sifatli, iqlim sharoitiga mos kartoshka ekish rejalashtirilgan. E’tiborli jihati shundaki, kartoshka yetishtirish bilan nafaqat meva-sabzavot, paxta va g‘allachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari ham jiddiy e’tibor qaratishmoqda.
Tumanning "Gʻalaba" hududidagi "Shukurov Hasan Abdullayevich" fermer xo‘jaligining g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarida kartoshkaning serhosil gektariga o‘rtacha 25-30 tonna hosil berishi kutilayotgan "Zarzara" navini ekish ishlari oldidan seminar o‘tkazildi.

Fermer xo‘jaligi dalasida o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminarda Qashqadaryo viloyati Fermerlar Kengashi raisi Jahongir Abdurazzoqov,  tuman hokimi Fayzulla Yusupov, tuman prokurori Jasur Tursunov, IIB boshlig‘i Shuhrat Iskandarov va qishloq xo‘jaligi tashkilotlari fermerlar hamda iqtisodiy soha rahbarlari ishtirok etishdi. Seminarda takroriy ekin sifatida kechki kartoshka yetishtirish aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, tumanning eksport salohiyatini oshirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar xususida so‘z bordi.

Yana bir gap. Tuman hokimligining sa’y-harakati bilan malakali agronom va dehqonlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilda tumanda 2000 dan ortiq aholi vakillari, fermerlar bilan birga ishlamoqda. Gʻalladan bo‘shagan yer maydonlariga sabzavot va poliz ekinlari parvarishlamoqda.

Chiroqchi tumanida g‘alladan bo‘shagan maydonlardan samarali foydalanish takroriy ekinlarni sifatli ekish, ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash va bozorlarni arzon, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida "Salomatxon To‘xliyeva" 6 gk, "Butunov Yo‘ldosh" 5 gk, "Toshpo‘lat bobo o‘g‘li O‘rol" 10 gk, "Anvar" 1 gk, "Allakarvon Dodiq" 1.5 gk, "Allayev Pirman" 1 gk, "Eshmirza Yo‘ldoshev" 4 gk, "Fotima Qo‘chqorovna" 0.50 gk, "Xoliqov O‘tkir Abdusattrovich" 1 gk, "Xudoyberdiyev Sa’dulla Xudoyberdiyevich" 1 gk, "Tog‘ayev O‘tay Tog‘ayevich" 1.5 gk, "Gʻo‘dol bobo" 3 gk, "Govosh O‘rol ota" 1 gk, "Mavlonov Mehroj Almardon o‘g‘li" 2 gk, "Sohib klass" 1.5 gk, "Yunusbek Ma’rupovich" 1.5 gk, "Asqarbek yulduzi" 1 gk, "Oybek Chiroqchi" 2 gk, "Sobit Shermamat o‘g‘li" fermer xo‘jaliklari yer maydonlarida takroriy ekin sifatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirmoqda.

2025 yil hosili uchun g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekish uchun tumanda jami 3500 gektar ekin maydonida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ekinlar joylashtiriladi:
•Sabzavot – 150 gektar
•Poliz ekini – 250 gektar
•Kartoshka – 430 gektar
•Moyli ekin – 216 gektar
•Dukkaklilar – 1001 gektar
•Ozuqa ekinlari – 1450 gektar
Paxtakor hududidagi “Eshmirza Yuldoshev” fermer xo‘jaligida hozirgi kunda takroriy ekinga tarvuz, mosh, sabzi ekinlari ekilgan.

Ko‘rilgan tadbirlar samarasi o‘laroq hademay g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarida kishining havasini keltiradigan poliz ekini mahsulotlari dasturxonimiz ko‘rkiga aylansa ajab emas.
O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Август 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
INTERAKTIV XIZMATLAR