Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Chiroqchi tumanida aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

yangiliklar 27-ноя, 10:439 201
Chiroqchi tumanida aksilkorrupsiya oyligi hamda 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tuman hokimligi va tegishli tashkilotlar hamkorligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Unda Qashqadaryo viloyati hokimining o'rinbosari Alisher Zokirov boshliligida tuman rahbarlari, tuman hokimligi mas’ullari, idoralar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni kuchaytirish va davlat organlari faoliyatida ochiqlik tamoyillarini keng joriy etish masalalari muhokama qilindi. 
Fuqarolarning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish, ularning muammolarini joyida hal etish hamda davlat xizmati jarayonlarida byurokratik to‘siqlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Shuningdek, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan muntazam hamkorlik qilish, “Ochiq eshiklar kunlari”ni tizimli ravishda o‘tkazib borish va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha profilaktik ishlarni kengaytirish vazifalari belgilab olindi.
Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish — davlat organlari, jamoatchilik va fuqarolarning birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab qilishi, aholining faolligi va ochiqlik madaniyatini oshirish esa ushbu jarayonning muhim bo‘g‘ini ekani qayd etildi.
O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
INTERAKTIV XIZMATLAR