Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Aholini ro'yxatga olish — kelajakka yangi qadam

yangiliklar 25-фев, 14:079 690
Mamlakat fuqarolari to'g'risidagi ma'lumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday ma'lumotlar ma'lum vaqt oralig'ida aholini ro'yxatga olish tadbirlari orqali to'planadi. Ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi. BMT dunyo mamlakatlariga fuqarolar bilan yuzaga keladigan bir qator ijtimoiy muammolarning yechimi hamda iqtisodiy ko'rsatkichlarning demografik ko'rsatkichlar bilan mutanosib ravishda o'sib borishini ta'minlash uchun har o'n yilda kamida bir marotaba aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazishni tavsiya etadi. Afsuski, yurtimizda mustaqillikdan so'ng keng ko'lamda aholini ro'yxatga olish tadbiri o'tkazilmagan. Shu bois, mamlakatimizda ilk bor 2023- yilda o'tkazilishi ko'zda tutilgan aholini ro'yxatga olish tadbiriga ayni paytda qizg'in tayyorgarlik ko'rilmoqda. Aholini ro'yxatga olish   mamlakat hududida millati, elatidan qat'iy nazar barcha insonlarni birlashtiradigan umummilliy tadbir bo'lib, uning o'tkazilishidan barchamiz, siyosiy qarashlarimiz va ijtimoiy mavqeimizdan qat'i nazar birdek manfaatdormiz. Boisi, mazkur yirik ijtimoiy tadbir orqali, birinchi navbatda, jami aholining  soni (2021- yil 1- yanvar holatiga respublika aholisi 34 558,9 ming kishi tashkil etgan), fuqaroligi, nikoh holati ya'ni rasmiy nikoh, norasmiy nikoh yoki erta nikoh, odamlarimizning ta'lim darajasi (o'rta, o'rta maxsus yoki oliy), yashash uchun daromad manbalari, uysizlar soni, uy xo'jalinining yashash sharoitlari kabi bir qancha ko'rsatkichlar bo'yicha bugungi kunda yetarlicha mavjud bo'lmagan ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi. Shaharcha, mahalla, qishloq va ovullar soni hamda ularning chegaralari, turar joylar soni, ulardagi mavjud shart-sharoitlar to'g'risidagi ma'lumotlarga aniqlik kiritiladi.

O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
INTERAKTIV XIZMATLAR