Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Mamlakatimizda aholini ro'yxatga olish

yangiliklar 03-июн, 09:479 434
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PF-5655-son Farmoniga muvofiq “O'zbekiston Respublikasida aholini ro'yxatga olishni o'tkazish Kontseptsiyasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumot uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2020 yil 16 mart kuni “Aholini ro'yxatga olish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining O‘RQ-611-son Qonuni imzolandi. Mazkur Qonun, aholini ro'yxatga olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartibga soluvchi ilk bor qabul qilingan huquqiy hujjat sifatida O'zbekiston tarixidan o'rin oldi. Chunki shu vaqtgacha bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yo'q edi.Qonunni ishlab chiqishda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa statistiklari konferentsiyasining aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bo'yicha asosiy tamoyillari va tavsiyalaridan asos sifatida foydalanildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son Qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorda O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda natijalarini e’lon qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ni tasdiqlash ko‘rsatib o‘tilgan.

Chiroqchi тумани статистика бўлими

O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
INTERAKTIV XIZMATLAR