Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir. Kitob haqidagi ushbu hikmatda siz-u biz bilan yashayotgan insonlar amalga oshirayotgan ezgu ishlar kelajak avlod uchun ibrat namunalari bo‘lishi kundek ravshan.
Kuni kecha Chiroqchi tumani hokimligi majlislar zalida "Adabiyot sening chashmangman" shiori ostida kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi.
Kitobxonlik kechasida tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha ijodkor targ‘ibotchilarning qalamiga mansub bo‘lgan "Kengliklar qo‘shig‘i" deb nomlangan bayoz to‘plami kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
"Kengliklar qo‘shig‘i" kitobida tuman maktablarida faoliyat olib borayotgan Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha ijodkor targ‘ibotchilarning dil so‘zlari oq qog‘ozga ko‘chgan she’riy to‘plamida Ona Vatanni sevishga, uni qadrlash va ko‘z qorachig‘idek asrashga chaqiruvchi she’rlar jamlangan.
Yangi kitob taqdimotida ishtirok etgan ijodkor ustoz shoirlar va faxriy mehmonlar, kitobsevar nuroniylar va yoshlar uchrashuvi xaqiqiy kitobxonlarni bir manzilga jamladi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘tkazilgan tadbir davomida tuman hokimi Nodir Erkayev barcha kitobxonlarga o‘z tilaklarini bildirib, ularga kelgusi ijodiy ishlarida ulkan zafarlar tilab, yanada ko‘proq kitob mutolaa qilishni ta’kidladi.

Shundan so‘ng ijodkor yoshlarning kitobi keng omma e’tiboriga havola etildi. Tadbir davomida ijodkorlar tomonidan o‘qilgan she’rlar davraga o‘zgacha fayz ulashdi.
Ayniqsa, ustoz shoir O‘roq Ravshanning "Chiroqchining farzandiman men" deya o‘qigan she’ri yig‘ilganlarning guldiros olqishlariga sabab bo‘ldi.
Eng muhimi tadbirda kitobsevar uch avlod vakillari uchrashuvi, dillarga o‘zgacha mehr-muhabbat hissini uyg‘otdi. Tuman Axborot resurs markazi fondidagi 37 ming dona kitoblarni mutolaa qilgan O‘roq bobo Rahmonov, 20 mingdan oshiq kitob o‘qigan Abdurahmon Bobomurodovlarga kitobga mehr qo‘ygan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan yuzlanib, nuroniy kitobxonlardan javoblar olishdi.
Tadbir yakunida kitobsevar nuroniylar va "Kengliklar qo‘shig‘i" bayoz to‘plami kitobiga ijod namunalari kiritilgan ijodkorlar tuman hokimligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.