Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

O‘zbekistonda vakolatli organlarning eksport bo‘yicha ayrim xarajatlari qoplab beriladi

--- 19-янв, 14:269 1 034
Qaror loyihasiga ko‘ra, meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish (paxtadan tashqari) uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq vakolatli organlarning xarajatlari (sinov va zararsizlantirish xarajatlaridan tashqari) Davlat budjetidan agentlikka ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplab beriladi.
Quyidagi hollarda vakolatli organ tomonidan berilgan sertifikat va ruxsatnomalar uchun to‘lovlarni eksport qiluvchi tashkilot (ariza beruvchi) to‘laydi:
vakolatli organ tomonidan avval berilgan, xarajatlari agentlik tomonidan qoplab berilgan sertifikatni qayta rasmiylashtirish zarurati tug‘ilganda;
  • eksport qiluvchi tashkilot (ariza beruvchi) tomonidan zarur ruxsatnoma va sertifikat olingandan keyin bir oy muddat ichida belgilangan mahsulotlar eksportga chiqarilmaganda;
  • vakolatli organ tomonidan ushbu nizomda nazarda tutilgan mahsulotlar bilan birga boshqa bir mahsulotlar uchun ham bitta zarur ruxsatnoma va sertifikat berilganda.
Agentlik tomonidan meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish (paxtadan tashqari) uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq vakolatli organlarning xarajatlarini qoplab berilishi uchun:
  • vakolatli organ tomonidan eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlar berilgan eksport qiluvchi tashkilot O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatiga olingan;
  • meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qiluvchining eksport (paxtadan tashqari) xajmi 5 ming dollardan yuqori bo‘lishi;
  • vakolatli organ tomonidan eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlar berilgan mahsulotlar o‘rnatilgan tartibda eksportga bojxona yuk deklaratsiyasi asosida rasmiylashtirilgan (mahsulotlarning kelib chiqish sertifikatlari bundan mustasno);
  • ruxsatnoma va sertifikatlar berish uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori vakolatli organning mazkur hujjatni berish uchun qilgan xarajatlari doirasida Moliya vazirligi tomonidan kelishilgan holda belgilangan bo‘lishi zarur (mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar tomonidan berilgan zarur ruxsatnoma va sertifikatlar bundan mustasno).
Vakolatli organga xarajatlarni qoplab berilishini rad etish to‘g‘risida xulosa berish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
  • vakolatli organlar tomonidan eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlar berilgan mahsulotlar eksport qilinmaganda;
  • eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq vakolatli organlarning xarajatlari uchun belgilangan narx Moliya vazirligi bilan kelishilmagan hollarda;
  • vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda, nizomning 14-bandida belgilangan tartibda o‘rganishlar natijasida ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatilganligi aniqlansa.
Mazkur nizom talablaridan boshqa asoslarga ko‘ra vakolatli organga xarajatlarning qoplab berilishini rad etish to‘g‘risida xulosa berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vakolatli organ rad etish to‘g‘risida xulosa olgandan keyin ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda xarajatlarni qoplash bo‘yicha mablag‘lar olish uchun Agentlikka ariza bilan 10 ish kunida qayta murojaat qilishga haqli.
Vakolatli organlarga xarajatlarni qoplash byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi (agar vakolatli organ QQS to‘lovchisi bo‘lsa, QQS stavkasi bilan ko‘rsatiladi va qoplanadi).
Vakolatli organlar moliyaviy yilning III choragi yakuniga qadar keyingi moliyaviy yil uchun Agentlikka budjet prognozi bo‘yicha hisob kitoblarni taqdim etadi.
Moliya vazirligi agentlikning har yilgi tasdiqlanadigan smeta xarajatlarida yuqoridagi xarajatlarni nazarda tutadi va Agentlikka ushbu xarajatlarni vakolatli organlarning arizasi asosida qoplab berish huquqi beriladi.
Moliyaviy yil davomida vakolatli organlarning taqdim etgan arizalariga muvofiq moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda, tasdiqlangan smetaga o‘zgartirishlar kiritish mumkin.
Har bir moliyaviy yil boshida Moliya vazirligi vakolatli organlar tomonidan moliyaviy yil uchun byudjet prognozi hisob kitoblariga muvofiq yuqoridagi xarajatlarni qoplab berish uchun Agentlikning tasdiqlangan smeta bo‘yicha buyurtmanomasi olingan kundan boshlab 3 (uch) bank ish kuni mobaynida Agentlikni moliyalashtiradi.
Bunda, moliyaviy yil yakuni bo‘yicha ushbu shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari Davlat budjetiga qaytariladi.
Agentlik har hafta yakuni bo‘yicha keyingi haftaning birinchi ish kunida vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan arizalarni ko‘rib chiqish yakunlariga muvofiq vakolatli organlarga xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya mablag‘larini 3 ish kuni mobaynida vakolatli organlarning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga yoki tijorat banklaridagi hisob raqamlariga o‘tkazib beradi.




O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
INTERAKTIV XIZMATLAR