Ishdan mahrum bo'lgan, birinchi marta ish qidirayotgan, shuningdek uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashni istagan va ishsiz deb e'tirof etilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi to'lanadi.
Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e'tirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro'yxatdan o'tgan kundan e'tiboran tayinlanadi.
Qaramog'ida uchtagacha kishi bo'lgan, 35 yoshga to'lmagan ishsiz erkakka ishsizlik nafaqasi u haq to'lanadigan jamoat ishlarida belgilangan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi.
Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tgan paytdan boshlab kechi bilan o'n birinchi kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Ishsizlik nafaqasi ko'pi bilan:
- ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo'lgan yoki uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxsga 12 oylik davr mobaynida 26 kalendar hafta;
- ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa 13 kalendar hafta mobaynida to'lanadi.