Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, uni betalafot o‘tkazish, iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupovning tuman xalqiga MUROJAATI

yangiliklar / murojaatlar 27-окт, 11:239 20
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, uni betalafot o‘tkazish, iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupovning tuman xalqiga
MUROJAATI

Assalomu alaykum, hurmatli tumandoshlar!

Qish mavsumi yaqinlashmoqda. Bu mavsumda xavfsiz va tinch hayot kechirish, shuningdek, issiqlik, elektr ta’minoti va kundalik ehtiyojlarni ta’minlash uchun har birimiz o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rishimiz zarur.
2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish maqsadida yakuniy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
 
Bu yilgi mavsumda aholimiz va iqtisodiyot tarmoqlari energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlanishi uchun barcha choralar ko‘rildi. Tinch va farovon hayotingiz, uylaringizda issiqlik va yorug‘lik barqaror bo‘lishi biz uchun eng muhim vazifadir.
Shu maqsadda Prezidentimiz va hukumatimiz boshchiligida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. 
Ishonch bilan aytish mumkinki, bu yil kuz-qish mavsumi barqaror va bezarar o‘tishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 21 iyuldagi 453-son qarori bilan iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’yektlari, ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2025/2026 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab olganmiz.

Birinchidan, elektr ta’minotida barqarorlik asosiy maqsadimizdir.

Bugungi kunda tumanda 53  mingdan ortiq elektr iste’molchilariga 7 ta podstansiya, 1367 ming km tarmoq va 1 ming 153 ta transformator orqali elektr energiyasi yetkazilmoqda. Mavsumga tayyorgarlik ko‘rish hamda elektr ta’minotini yaxshilash uchun 147,5 km tarmoq va 68 ta transformator mukammal ta’mirlandi. 32 km elektr tarmog‘i qurildi, 28 ta transformator o‘rnatildi.

Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun yetarli miqdorda transformator, kabel, moy va boshqa ehtiyot qismlar zaxiraga qo‘yildi. Shuningdek, 7 ta ta’mirlash brigadasiga 31 nafar mutaxassis, 2 ta maxsus texnika, 3 ta avtomashina jalb etildi.  Biroq barqaror energiya ta’minoti faqat davlat tomonidan qilingan ishlar bilan cheklanmaydi. 

Har birimiz elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalansak, tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ortiqcha yuklama kamayadi va barcha uchun sharoit yaxshilanadi. Shu bois elektr qurilmalarini keraksiz holda ishlatmang, uyda va ishxonada ortiqcha isrofga yo‘l qo‘ymang. Bu nafaqat sizga, balki butun viloyat ahliga yordam bo‘ladi.

Ikkinchidan, gaz ta’minotida xavfsizlik va tejamkorlik ta’minlanadi.

Tumanda jami 56 ming 207 ta iste’molchining 957 tasi tabiiy, 55 ming 250 tasi suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan.
Bugungi kunda 2,9 km yer osti gaz tarmoqlari tekshirildi, 11,8 km gaz tarmoqlari tartibga keltirildi. 
Natijada, 957 nafar aholining tabiiy gaz ta’minoti yaxshilandi. Mavsumda aholi va ijtimoiy sohaga 9 ming 553 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, mavsum uchun 50 dona zaxira gaz balloni omborda saqlanmoqda.
Shuningdek, 1 ta avariya brigadasiga 8 nafar xodim jalb qilingan, 1 ta avtotransport va 1 ta maxsus texnika mavsumga shay holatga keltirilgan.

Bundan tashqari, turli diametrdagi gaz quvurlari va zulfin (zadvijka), jo‘mrak (kran), bolt va gaykalar, himoya o‘rami, elektr payvandlash apparatlari hamda dizel yonilg‘isi zaxirasi yaratildi.
Olib borilgan amaliy ishlar natijasida yuz minglab oilalarning tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlanishi yanada barqarorlashadi. Olis va borishi qiyin hududlar ham yetarli zaxira gaz bilan ta’minlanishi uchun maxsus transport vositalari tayyorlab qo‘yildi.

Barchaga murojaat qilamiz: gazdan foydalanishda ham tejamkorlikka amal qilishimiz zarur. Gaz qurilmalarini xavfsiz va maqsadli ishlatish nafaqat sizning xonadoningiz xavfsizligi, balki butun yurtdoshlarimiz uchun ham barqaror ta’minot garovidir.

Uchinchidan, ko‘mir ta’minoti barcha uchun yetarli darajada yo‘lga qo‘yildi.

2025 yilda jami 11 ming 605 tonna, shundan ijtimoiy soha muassasalariga 8 ming 105 tonna va aholiga 3 ming 500 tonna ko‘mir  yetkazib berish belgilangan. Ijtimoiy soha muassalariga rejadagi ko‘mir to‘liq olib kelinib, tarqatildi. Tuman aholisi uchun grafik asosida yetkazib berilmoqda. Bugungacha 1000 tonna dan ortiq ko‘mir olib kelinib tarqatildi.

Bir so‘z bilan aytganda, hozirgacha maktablar, bog‘chalar va shifoxonalarga mo‘ljallangan ko‘mirning asosiy qismi yetkazildi. Maqsadimiz — har bir xonadon va ijtimoiy ob’yektda qish faslida issiq va barqaror sharoit yaratish. Shu bilan birga, Siz - aziz yurtdoshlarimizdan ko‘mirdan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishingizni, issiqlikni saqlashda ehtiyot choralariga amal qilishingizni so‘raymiz.

To‘rtinchidan, ko‘p qavatli  uylar va ijtimoiy soha ham mavsumga tayyor!

Tumandagi mavjud 63 ta (680 ta xonadon) ko‘p qavatli uylarga 2 ta boshqaruv servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatmoqda. 
Mahalliy hokimlik va mas’ul idoralar bilan birgalikda uylar kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holatga keltirildi. 
Ammo shu bilan birga, har bir xonadon egasi ham o‘z uyida tejamkorlikka amal qilishi, issiqlik va elektrdan maqsadli foydalanishi zarur.
Shuningdek, 10 ta ijtimoiy soha ob’yekti, jumladan, 8 ta umumta’lim maktabi, 2 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi. Bu ishlar tufayli farzandlarimiz maktab va bog‘chalarda, bemorlarimiz esa shifoxonalarda kuz-qish mavsumida ham qulay va xavfsiz sharoitda bo‘ladi.

Qadrli tumandoshlar!

Barcha zarur ishlar o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirildi. Mavsumni barqaror va betalafot o‘tkazish uchun Sizlarning ham mas’uliyatingiz katta. Shundan kelib chiqib, Sizlardan quyidagi muhim chora-tadbirlarga amalga qilishingizni so‘rab qolardim. Isitish tizimlaringizni (gaz, ko‘mir, elektr pechlari) tekshirib chiqing va texnik holatini nazorat qiling!
Avariya holatlarining oldini olish maqsadida mutaxassislarga murojaat qiling! Qo‘shimcha isitish vositalarini xavfsiz va to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ogoh bo‘ling! Elektr uskunalaridan oqilona foydalaning! Qurilmalarni foydalanilmagan paytda o‘chirib qo‘ying!

Issiqlikni saqlash uchun termopanellar, parda va kovraklardan samarali foydalaning, eshik va oyna derazalarda ta’mir ishlarini olib boring” Sovuq mavsumda shamollash, virusli kasalliklardan saqlaning! Niqob taqish, toza havoda yurish va vitaminlar qabul qilishni unutmang! Yosh bolalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga alohida e’tibor qaratishni so‘raymiz.

Favqulodda vaziyatlar uchun tayyor bo‘ling: hududingizdagi tez yordam va yordamchi xizmatlar raqamlarini yozib oling. Uydagi har bir kishi favqulodda hollarda qanday harakat qilish kerakligini bilishi kerak.

Muhtaram fuqarolar!

Kuz-qish mavsumi — nafaqat sinovli, balki do‘stona ko‘mak, bag‘rikenglik va hamjihatlik vaqti hamdir. Qo‘shnilaringiz, qarindoshlaringiz va muhtoj insonlarga yordam berishni unutmang!O‘z vaqtida va oqilona tayyorgarlik ko‘rish orqali barchamiz mavsumni xavfsiz va xotirjam o‘tkaza olamiz!
O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Октябрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
INTERAKTIV XIZMATLAR