Inson orzular ila yashaydi. Zero, qalb gózallikka oshno va u har nafas Vatan tinchligini sezib maģrur yashnaydi.Ba'zan yurak orzuga tòlib, kòzlar mustasno quvnaydi. Yosh qalb egalari oliy maqsad sari intilib yashaydilar. Albatta, mana shunday oliy maqsadlarimiz ròyobi vatan tinchligi uchun òz tinchligi, oilasi baģridan kechib chegaralarimiz sarhadlarida ona Vatan xizmatiga kamarbasta mard òģlonlarimiz zimmasida ekanligi hech birimizga sir emas.
Davlatning kuch-qudratini harbiy salohiyati va mudofaa darajasini uning armiyasi belgilaydi.Qalbga ģurur, tinch va osoyishta hayotga surur baxsh etadigan armiya bu - bizning faxrimiz Òzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28-yilligi hamda harbiy vatanparvarlik oyligi munosabati bilan Toshkent shahri " Xalqlar dóstligi san'at saroyi"da tantanali harbiy parad tashkil etildi. Festival Ózbekiston Respublikasi madhiyasi sadolari bilan boshlandi. Tadbirda Toshkent shahar xalq ta'lim boshqarma boshliģi, tuman hokimligi, hamkor harbiy tashkilotlar rahbarlari Ózbekiston milliy gvardiyasi va mudofaa vazirligi harbiy askar va zobitlari, talabalar, maktab óquvchilari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Harbiy orkestr sadolari ostida milliy armiyamizning kuch qudrati, buyuk ajdodlarimizning yuksak zakovati mustahkam irodasi kòz oldimda nomayon bòldi. Tadbirga yiĝilganlarning kayfiyatida ham buni kòrdim desam mubolaĝa bólmas.Harbiy parad yuqori saviyada, haqiqiy harbiy nizom asosida tashkil etildi. Bir sóz bilan aytganda , shunday tadbirlar Vatanga sadoqat harbiylik kasbiga muhabbat uyģotishiga asosiy omil bòlib xizmat qilishga shubha yòq.
Umirova Maftuna
Ózbekiston Jurnalistika va ommaviy kamunikatsiyalari universiteti
1 kurs talabasi.