Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Muammo va yechim

murojaatlar 04-янв, 17:209 777
Odamlar dardini eshitish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Binobarin, ayni shu tamoyil asosida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar qishlog‘u, xonadonlargacha kirib bormoqda. 
Chiroqchi tumanining Dam mahallasida istiqomat qilayotgan fuqaro Oybahor Xudoyberdiyevaning murojaatlari bugun o‘z yechimini topdi. Tuman hokimligi ishchi guruhi vakillari fuqaroning murojaatini o‘rganish va unga ijobiy yechim topish maqsadida xonadoniga bordi...

Fuqaro Oybahor Xudoyberdiyeva imkoniyati cheklangan turmush o‘rtog‘ining qarovchisi ekanligi va bu jarayonda unga ish staji tayinlanmayotganligi, 2024 yilda "Ayollar daftari" ro'yxatiga kiritilishini hamda farzandini "Yoshlar daftari"ga kiritishni so‘rab murojaat qilgan edi.
Hokimlik ishchi guruhi vakillari fuqaro Oybahor Xudoyberdiyeva va uning otasi bilan uchrashib, yuqorida ko‘rsatilgan murojaatlar yechimi yuzasidan ular bilan suhbatlashdi. O‘rganishlar davomida Oybahor Xudoyberdiyeva imkoniyati cheklangan turmush o‘rtog‘ining qarovchisi sifatida unga ish staji tayinlanishi belgilanib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni boshlab yuborildi. Shuningdek, O.Xudoyberdiyevaning o‘zi "Ayollar daftari"ga va uning o‘g‘li "Yoshlar daftari"ga kiritilishi belgilandi. 

- Mana shunday aholi muammolariga yechim topayotgan tuman hokimiga, avvalo Prezidentimizga rahmat, - deydi fuqaro ishchi guruh vakillari bilan bo‘lgan suhbatda.

O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
INTERAKTIV XIZMATLAR