Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Aslida borini ko'rsatmoq ham xayrlidir!

--- 25-апр, 22:449 1 900
Aslida borini ko'rsatmoq ham xayrlidir!
Nazarimda, qachonki hokimni xalq tanisa, u xalq orasiga kirib borsa, ularni bilsa, eshitsa, dardini tinglasa, ana shunda adolat, ana shunda chin ma'noda hokim odamlar, xalq manfaati yo'lida  ishlayotgan, aholisi uchun kuyub pishayotgan bo'ladi. Mana shu ma'noda aytganda Chiroqchi tumani hokimi Xurram Jo'rayev, qolaversa, umuman, tuman hokimligining sektor rahbarlari va mutasaddilari tomonidan elu-xalq manfaati yo'lida qilayotgan ishlari, jonbozliklari tahsinga sazovordir! 
Men tumanda 3-4 oydan beri qilinayotgan ishlarni kuzatayotgan bir shaxs sifatida bilamanki, deyarli har kuni hokim xalq orasida, qandaydir masalalarni hal etishga kirishmoqda..! Bu yaxshi. Ayniqsa, karantin davrida qat'iy tartibda joylarda, bozorlarda o'rnatayotgan tartiblarga qo'shilaman. Masalan, o'sha ikki qishloqda o'rnatilgan karantin tadbiri ham e'tiborli aslida!  Bu gaplarni mana shunday ulug' kunlarda tanqid emas, qilinayotgan ishlarni ham e'tirof  qilish lozim, degan ma'noda aytmoqdaman. To'g'risini aytish lozim, avvallari negadir hokimlarni xalq u qadar tanimas, bilmas edi. Hokimni faqat g'alla va paxta sezonida oddiy xalq bir bor ko'rar edi. Demak, kechagina vaziyat shunday ekan, bugunimizdan rozi bo'lishni ham bilaylik,  shukrni unutmaylik.  Haq rost, qilinishi lozim bo'lgan ishlar ko'p. Hokimning xalq oldidagi mas'uliyati hali juda katta. Aytilayotganidek, nafaqat Chiroqchi tumanida, balki boshqa tumanlarda ham qanchadan qancha masalalar bor. Bularni barcha mutasaddilar bilmaydi, degan gapga esa qo'shilmayman. Ular barini biladi va yechim qidirayotganiga aminman. Avval hatto mana shunday xayrli tadbirlar OAV, xususan, ijtimoiy tarmoqlarda doimiy yoritib borilmas edi. Bu ham tumanda avval bo'lmagan tajriba.. Bir so'z bilan aytganda, har qalay bugun respublika tumanlari ichida Chiroqchining  ham o'z o'rni va qilayotgan ishlari borligi ko'rsatilmoqda. Mana shu ishlar davomli bo'lishini va tuman aholisining  hokimiyatdan  rozi bo'lib yashashiga tilakdoshman! Xalqni qiynayotgan masalalarga yanada ko'proq va kengroq ahamiyat berilsa, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, yangi ish o'rinlarini ko'proq tashkil etish kabi o'ta muhim masalalarga yanada ko'proq ahamiyat qaratilsa, maqsadga muvofiqdir. Bir so'z bilan aytganda, bugun tumanda yaxshi ishlar qilinayapti, faqat ularni yanada keng miqyosida amalga oshirish lozim. Bunda esa, faqat hokimiyat emas, keng jamoatchilik, barchaning u yoki bu tomondan hissasi bo'lishi kerak, demoqchimiz!


Shuhrat Hayitov
facebook foydalanuvchimiz.
O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
INTERAKTIV XIZMATLAR