Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Bir qator ma'lumotlar maxfiylikdan chiqariladi

--- 26-май, 08:589 1 053
“Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lgan jazoni ijro etish faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” Hukumat qarori  qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lgan jazoni ijro etish sohasidagi quyidagi ma'lumotlar maxfiylikdan chiqariladi:

- IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar soni to'g'risidagi ma'lumotlar;

- IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari soni hamda ular joylashgan joy to'g'risidagi ma'lumotlar;

- jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyati, ular tomonidan nomenklatura bo'yicha va pul bilan ifodalanadigan ishlab chiqarilayotgan tovar mahsulotlari to'g'risidagi ma'lumotlar;

- IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasida o'lim holatlari soni to'g'risidagi ma'lumotlar;

- jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va tibbiy tusdagi majburiy choralar qo'llaniladigan mahkumlar soni to'g'risidagi ma'lumotlar. 
O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
INTERAKTIV XIZMATLAR