Gʻallani optimal muddatlarda ekib yakunlash, uni sug‘orib bir teks undirib olish, qish mavsumiga to‘liq tuplatib kiritish eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ammo uni keyingi parvarishida mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, suspenziyalash, zararkunandalarga qarshi o‘z vaqtida ishlov berishdan tashqari mahalliy o‘g‘it bilan oziqlantirish, uni payhondan saqlash ham inkor qilib bo‘lmas chora-tadbirlardan hisoblanadi. Shu kunlarda g‘alla parvarishi bo‘yicha mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, har 5 gektar g‘alla ekilgan maydonlarga qishloq xo‘jaligi maxsus texnikalari yordamida mahalliy o‘g‘itlarni sepish va sharbat o‘ra kovlash ishlari olib borilmoqda.Bugun Chiroqchi tumanining Sohibkor, Salim Jo‘rayev va O‘zbekiston hududlarida viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Oblayor Boymirov boshchiligida tuman sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligiga aloqador tashkilotlar, g‘allachilik klasterlari hamda fermerlar ishtirokida qish mavsumida g‘alla parvarishiga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda 2023 yil hosili uchun 4 872 gektar parvarish qilinayotgan g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘tkazilishi, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish ishlarini bajarilishi, g‘allani oziqlantirishda mahalliy o‘g‘itning ahamiyati haqida so‘z bordi. Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investisiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Shuhrat Madaminovich Gʻaniyev Chiroqchi tumanida sektor rahbarlari hamda qiloshoq xo‘jaligi sohasi vakillari bilan uchrashgani yo‘q.
Shu kunlarda Chiroqchi tumanida g‘alla parvarishi bilan bog‘liq muhim agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu kunlarda Chiroqchi tumanida g‘alla parvarishi bilan bog‘liq muhim agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.