Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

2023- yilda aholini ro'yxatga olish o'tkaziladi

yangiliklar 18-май, 14:139 615

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 16- mart kuni “Aholini ro'yxatga olish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni imzolandi. Mazkur Qonun, aholini ro'yxatga olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartibga soluvchi ilk bor qabul qilingan huquqiy hujjat sifatida O'zbekiston tarixidan o'rin oldi. Chunki shu vaqtgacha bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yo'q edi. Qonun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida aholini ro'yxatga olishni o'tkazish Kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi. Qonunchilik palatasi tomonidan O'RQ-611 son qonuni 2019- yil 21- noyabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2020- yil 28- fevralda ma'qullangan. Va shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrda O'zbekiston Respublikasida 2023- yilda Aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora – tadbirlari to'g'risida 710- son qarori imzolandi.
Qonunni ishlab chiqishda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa statistiklari konferentsiyasining aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bo'yicha asosiy tamoyillari va tavsiyalaridan asos sifatida foydalanildi. Aholini ro'yxatga olishning maqsadi va asosiy vazifalari: O'zbekiston Respublikasi hududida yaxlit va xar bir ma'muriy-hududiy birlik bo'yicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to'g'risida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit ma'lumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig'ish aholini ro'yxatga olishning maqsadi hisoblanadi.  Quyidagilar aholini ro'yxatga olishni o'tkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi: aholi tarkibidagi global o'zgarishlarni baholash, demografik siyosatni, aholi sog'lig'ini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam ko'rsatish chora- tadbirlarini ishlab chiqish uchun axborotlar bazasini kengaytirish; aholi punktlari va shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, mehnat resurslaridan foydalanish va ularni joylashtirish bo'yicha qisqa, o'rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlar tayyorlash va indikativ rejalashtirish; milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini shakllantirish va uning amalga oshirilishi ustidan monitoring o'tkazish; aholini ro'yxatga olish davrlari oralig'ida aholi soni va tarkibining joriy hisobini yuritish, aholi sonining hisobi va prognozlarini amalga oshirish uchun statistik bazani yaratish;
Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi
O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
INTERAKTIV XIZMATLAR