Chiroqchi tumanida saxovatpesha tadbirkor Abdug‘ani Turdiyev hamda tuman hokimligi ko‘magida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 14 nafar farzandlari uchun sunnat to‘y qilib berildi.
Tadbir avvalida tuman hokimi Fayzulla Yusupov so‘zga chiqib, sunnat to‘ylari o‘tkazilayotgan bolajonlar va ularning ota-onalariga ezgu tilaklarini bildirdi.
Shunday to‘ylarga yetkazganiga shukr, juda ham xursandmiz. Bugun bizni oilaviy holatimizni inobatga olishib, to‘ylar qilib berishib, bizni quvontirgani uchun mas’ullarga mingdan ming rahmat aytamiz. Nasib bo‘lsa farzandlarimiz hokim buvamiz va saxovatpesha tadbirkorlarimizdek yetuk inson bo‘lishini tilab qolamiz», - deydi to‘y bolalardan birining onasi Mavluda Haydarova.
Qo‘shaloq bayramda ertak qahramonlari tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar va san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bolajonlar va yig‘ilganlar qalbiga bir olam quvonch olib kirdi.