Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Chiroqchida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga shifer yetkazib berildi

yangiliklar / murojaatlar 08-янв, 15:549 569
Odamlar dardini eshitish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Binobarin, ayni shu tamoyil asosida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, keyingi to‘rt-besh yil ichida qishlog‘u-xonadonlargacha kirib bormoqda. Xususan, Chiroqchi tumani hokimi Nodir Erkayev rahbarligida tuman mahallalari bo‘ylab o‘tkazilayotgan fuqarolar qabuli davomida aholidan kelib tushgan murojaatlarni ijobiy hal qilishga qaratilgan amaliy ishlar tuman bo‘ylab davom etmoqda. 
Tuman rahbari boshchiligida o‘tkazilgan qabullar davomida tumanning "Uyshun" mahallasida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro O‘tkir Rahmonov uy-joylarning tom qismini yopish uchun imkoniyati yetmayotganligi va shifer olishda yordam so‘rab qilgan murojaati o‘z yechimini topdi. Kuni kecha "Sahovat va ko‘mak" jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘ evaziga fuqaroga uyining tom qismini yopish uchun 60 ta shifer yetkazib berildi, -deb xabar qildi mahalla raisi Asomiddin O‘zbekov.

Chiroqchida xalq bilan muloqot aholining turmush sharoitlarini, fuqarolarning fikr va takliflarini o‘rganish, ularga qiyinchilik tug‘dirayotgan muammolarni aniqlash va hal etish choralarini ko‘rish, davlat va jamoat tashkilotlarida turli lavozimlarda ishlayotgan shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini ta’minlash borasida aniq amaliy ishlar qilinmoqda, bunga tumandoshlarimiz yaqindan guvoh bo‘lishayotgani e’tiborga molik.
O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
INTERAKTIV XIZMATLAR