Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining VI chaqiriq 85-sessiyasi bo'lib o'tdi.

yangiliklar 01-май, 18:399 302
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining VI chaqiriq 85-sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiya kun tartibigda:

Yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish hamda tumanda noqonuniy qurilish yerlarni o‘rganish to‘g‘risida Kadastr agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i S.Quchqorovning hisoboti;

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ta’lim tizimi islohotlari bo‘yicha belgilangan maqsadlarning ijrosini hududlarda amalga oshirilishi to‘g‘risida tuman Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi boshlig‘i F.Jumanovning hisoboti.

Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida hisoboti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Chiroqchi tumani Xalq qabulxonasi tomonidan hokim yordamchilari faoliyati natijadorligini o‘rganish yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

Tuman yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishini o‘rganish borasida tuman hokimining o’rinbosari B.Domotovning hisoboti.

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 –2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining o’rinbosari B.Mirzayevning  hisoboti.

Hududlarda atrof muhitni muhofaza qilishning holati to‘g‘risida Tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi rahbari I.Boboevning hisoboti.

Yoshlar muammolarining hal etilishiga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar va “yoshlar daftari”ga ajratilgan mablag‘larning yo‘naltirilishi to‘g‘risida yoshlar agentligi Chiroqchi tuman bo‘lim boshlig‘i J.Xursandovlarning hisoboti mahalliy Kengash deputatlari tomonidan tinglandi.

Sessiya ishiga sektor rahbarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari hamda kun tartibiga aloqador mutaxassislar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
INTERAKTIV XIZMATLAR