Ишонч телефони:

+99 875 562 30 09

Mening armiyam-mening faxrim.

--- 11-янв, 16:389 6 438

Inson orzular ila  yashaydi. Zero, qalb  gózallikka oshno va u har nafas  Vatan   tinchligini sezib maģrur yashnaydi.Ba'zan yurak orzuga tòlib, kòzlar  mustasno quvnaydi. Yosh qalb egalari  oliy maqsad  sari intilib   yashaydilar. Albatta, mana shunday   oliy maqsadlarimiz  ròyobi  vatan tinchligi uchun òz tinchligi, oilasi baģridan  kechib chegaralarimiz sarhadlarida ona Vatan xizmatiga kamarbasta   mard òģlonlarimiz zimmasida ekanligi hech birimizga sir emas.                                                                                    

 Davlatning   kuch-qudratini harbiy salohiyati   va mudofaa  darajasini uning armiyasi belgilaydi.Qalbga ģurur,  tinch va osoyishta   hayotga  surur   baxsh etadigan armiya bu - bizning     faxrimiz                                                                                                                                                                    Òzbekiston  Respublikasi   Qurolli Kuchlari  tashkil etilganining  28-yilligi hamda harbiy vatanparvarlik oyligi  munosabati bilan  Toshkent shahri " Xalqlar dóstligi san'at saroyi"da  tantanali harbiy  parad  tashkil   etildi.   Festival  Ózbekiston   Respublikasi   madhiyasi  sadolari bilan boshlandi.   Tadbirda   Toshkent  shahar  xalq   ta'lim   boshqarma  boshliģi, tuman  hokimligi,   hamkor  harbiy tashkilotlar  rahbarlari   Ózbekiston milliy  gvardiyasi  va mudofaa    vazirligi  harbiy askar  va     zobitlari,  talabalar, maktab óquvchilari, jamoatchilik  vakillari   ishtirok etdilar.  Harbiy orkestr sadolari ostida   milliy   armiyamizning  kuch qudrati,    buyuk ajdodlarimizning  yuksak zakovati  mustahkam irodasi  kòz oldimda nomayon bòldi.    Tadbirga yiĝilganlarning kayfiyatida ham  buni kòrdim desam   mubolaĝa bólmas.Harbiy parad yuqori  saviyada, haqiqiy  harbiy    nizom asosida tashkil etildi.    Bir sóz bilan aytganda ,  shunday tadbirlar  Vatanga  sadoqat harbiylik  kasbiga muhabbat  uyģotishiga asosiy omil bòlib  xizmat qilishga shubha yòq.

Umirova Maftuna 

Ózbekiston Jurnalistika va ommaviy kamunikatsiyalari   universiteti 

1 kurs talabasi.

Янгиликларга обуна бўлинг

Бизнинг хабарномамизга обуна бўлиш учун қуйидаги электрон почта манзилингизни киритинг

Биз ижтимоий тармоқларда
Календарь
«    Апрель 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 
ИНТЕРАКТИВ ХИЗМАТЛАР