Kuni kecha, Chiroqchi tumani hokimi Nodir Erkayev tumanning Zarbdor hududida faoliyat olib borayotgan fermerlar bilan uchrashdi.
Hokim va fermerlar o‘rtasida bo‘lgan uchrashuvda, 2023 yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini o‘z vaqvtida parvarishlash, oziqlantirish, agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish hamda yer maydonlarini bahorgi ekin ishlariga, jumladan chigit ekishga tayyorlash, sharbat o‘ralar qazish, suv ariqlari va zovurlarni tozalash va qazish, dala madaniyatini shakllantirish maqsadida dala chetlariga tut va tok ko‘chatlari ekish, mahalliy o‘g‘itni dalaga olib chiqish singari kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar shuningdek, 2023 yilda dehqon xo‘jaliklari tashkil qilish uchun yer maydonlarini zahiraga olish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda joriy yilda yuqori hosil olishi uchun bugun mirishkor dehqon fermerlar tinimsiz mehnat qilishi ayniqsa, boshoqli don ekin maydonlariga mahalliy va mineral o‘g‘it sepish orqali yuqori hosildorlikka erishish mumkinligi to‘g‘risida tuman rahbari fermerlarga o‘zining tavsiyalarini berdi.
Do‘stona, samimiy tarzda o‘tkazilgan uchrashuv davomida fermerlar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammoli masalalar bilan tuman rahbariga yuzlanishdi. Tuman hokimi Nodir Erkayev fermerlarni o‘ylantirayotgan muammmolarni birma-bir tinglab, ularga amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.