Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 20 yanvar kuni maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha kengaytirilgan йиғилиш o‘tkazildi. Yig‘ilishda tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, o‘quvchilar maktabning o‘zida 64 xil ishchi kasblarga o‘rgatilishi haqida so‘z bordi.
Bugun Chiroqchi tumaniga tashrif buyurgan viloyat hokimi Murodjon Azimov boshchiligida sektor rahbarlari tumandagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lishdi. Viloyat rahbari M.Azimov boshchiligda viloyat va tuman sektor rahbarlari maktabda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.
Viloyat hokimi maktab faoliyati bilan tanishishi davomida maktabda tumanda talab yuqori bo‘lgan kasb-hunar to‘garaklari (tikuvchilik, gilamdo‘zlik, temirchilik, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, duradgorlik, santexnika xizmatlari ko‘rsatish) faoliyatini tashkil etish orqali o‘quvchilarning zamonaviy kasb-hunar egallashlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda ularni har tomonlama yetuk malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlarini ta’minlash xususida tuman rahbarlariga tegishli topshiriqlar berdi.
O‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning yangi tizimini joriy etish orqali o‘quvchi yoshlarni maktab davridan kasb-hunar egallashga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, hech bo‘lmaganda bitta kasb egallab chiqishlari uchun zamin yaratadi. Bu esa o‘z navbatida oliy ta’lim muassasasiga kira olmagan bitiruvchilar bandligini ta’minlash uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Viloyat hokimi M.Azimov boshchiligida sektor rahbarlari Chiroqchi tumaniga uyushtirgan tashrifi davomida tumandagi 98-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham bo‘lishdi. Maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishgan viloyat hokimi M.Azimov 2 qavatli zamonaviy shinam keng va yorug‘ barcha qulayliklarga ega yangi maktab binosini qurish loyihasini tayyorlash xususida tuman hokimi N.Erkayevga tegishli topshiriqlar berdi.
Yurtimizda umumiy o‘rta ta’lim tizimida ilg‘or xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish, xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.