Assalomu alaykum, aziz yoshlar!
Jonajon O‘zbekistonimiz milliy rivojlanishining yangi davriga dadil qadam qo‘ymoqda. Yoshlarimiz hayotida ulkan o‘zgarishlar yuz bermoqda.
Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini, g‘oyalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda tumanimiz aholisi 267 mingdan ziyod bo‘lsa, shundan 51 foizini ya’ni 135 360 nafarini 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar tashkil etmoqda. Mahallalarda foaliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari tomonidan joriy yilning 5-30 yanvar kunlari tumanimizda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular bilan manzilli ish tashkil qilinib, yoshlar balansi shakillantirildi.
Xatlov natijalariga ko‘ra, tumanimizda 14-30 yosh toifasidagi 63 675 nafar yoshlar uchta toifaga ya`ni, 38 320 nafari “yaxshi” toifa, 25 355 nafari “o‘rta” toifaga va davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj 546 ming nafar yoshlar “og‘ir” toifaga ajratib olindi. Ko‘makka muhtoj bo`lgan yoshlarning 290 nafari ishsiz, 494 nafari nogironligi bor yoshlar, shuningdek 1 306 nafar yoshlarning boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolari borligi aniqlandi.
Ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar va loyihalar rejalashtirib olindi.

Davlatimizning eng katta boyligi, bebaho xazinasi hisoblanmish yoshlarga davlat tarafidan bo`layotgan e’tibor joriy yil yangi bosqichga ko‘tarilishini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Jumladan, “Yoshlar bandlik dasturi” orqali qamrab olinadigan jami ishsiz yoshlar 1433 nafar, migratsiyadan qaytariladigan yoshlar 1332 nafar, o‘zini-o‘zi band qilish orqali bandligi ta’minlanadigan yoshlar 4748 nafar, “Yoshlar daftari” orqali yordam ko‘rsatiladigan yoshlar 2032 nafarni tashkil etadi.
Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan tizimli ishlash borasida “Harakatlar rejasi”ga qamrab olinadigan yoshlar 143 nafar, “Besh tashabbus olimpiadasi”ga jalb etish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish orqali qamrab olinadigan yoshlar 59 055 nafarni tashkil qiladi.
Shuningdek, "Ibrat farzandlari" youtube platformasi orqali 10 403 nafar, “lbrat Academy” mobil ilovasi orqali 6 929 nafar, “UzChess” loyihasi doirasida 3 454, “Zakovat” va boshqa intellektual o‘yinlar orqali 7 621 nafar, volontyorlik va liderlik loyihalari orqali 6 301 nafar yoshlar qamrab olinishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari bitiruvchi yoshlarning 603 nafari ta’lim bilan qamrab olinishi, 413 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilishi, 462 nafari kasb-hunarlarga o‘qitilishi, 129 nafari tadbirkorlikka o‘qitilishi, 63 nafari zamonaviy kasblarga o‘qitilishi, 99 nafariga subsidiya ajratilishi, 378 nafariga dehqonchilik qilish uchun yer maydoni ajratilishi, 130 nafariga tadbirkorlik qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi, 127 nafar yoshlar esa yangi yaratiladigan ish o‘rinlariga joylashtirilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda bilim olishga, zamonaviy kasb-hunar egallashga, turli yo‘nalishlarda iqtidorini namoyon etishga, tadbirkorlik qilishga yaratilgan sharoitlar natijasida yoshlar ko‘plab sohalarda yangi marralarni zabt etmoqda.
O‘tgan 2023-yil mobaynida “Yoshlar daftari”orqali 2 223 nafar yoshlarga yordam va ko‘mak ko‘rsatilib, ularning muammolari hal etildi. Jumladan, 16 nafariga tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qish xarajatlari, 285 nafar yoshlarga professional va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining ta’lim to‘lov-kontrakt summasi, 118 nafariga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratildi.

Shuningdek, 129 nafar bemor yoshlarning davolanish xarajatlari qoplab berildi, 1 573 nafar yoshlarni doimiy yoki jamoat ishlariga joylashtirish orqali bandligi ta’minlandi, 202 nafar yoshlarga boshqa turdagi yordamlar berildi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ishsiz va bitiruvchi yoshlarga yer ajratish tashabbusi ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimizdagi 954 nafar yoshlarga dehqonchilik qilishi uchun yer maydonlari ajratildi. Tumanimizdan Germaniya davlatiga ishlash istagida bo`lgan yoshlardan 1000 nafari saralab olinib, kasbga va nemis tilini o`rganish uchun tajribali ustoz va murabbiylar biriktirilib yoshlarga bepul ta’lim berilmoqda.

Tumanimiz yoshlari sport musobaqalari, san’at va madaniyat sohasida, shuningdek boshqa tanlov va musobaqalarda ko‘plab yutuqlarga erishdi. Jumladan, 2 nafar sportchi yoshlarimiz Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Yoshlarimiz, sportning turli yo‘nalishlarida xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarda 8 ta oltin, 10 ta kumush va 15 ta bronza medallarni qo‘lga kiritishib, vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishdi.
Madaniyat sohasida ham yoshlarimiz katta natijalarga erishdi. Xususan, 2 nafari “Zulfiya”nomidagi Davlat mukofotini, 1 nafari“Nihol”mukofotini va 2 nafari respublika miqyosidagi tanlovda faxrli 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Aziz yoshlar!
Hammamiz birinchi navbatda o‘zimizning taqdirimizga, shuningdek, tengdoshlarimiz hayotiga befarq bo‘lmasligimiz lozim, zero loqayd inson jamiyatning dushmani hisoblanadi. Shunday ekan, kelinglar, aziz yoshlar, bo‘sh vaqtimizni ijtimoiy foydali o‘tkazishga harakat qilaylik, kitob o‘qiylik, kasb-hunar egallash choralarini ko‘raylik, jamiyatga kerakli va savobli ishlar bilan band bo‘laylik.
Hurmatli ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari!
Farzand tarbiyasiga, eng avvalo, ota-ona, undan keyin esa jamoatchilik mas’ul ekanligini aslo unutmaylik.
Bolalarimizning ertaga kim bo‘lishi, qanday kasb-hunar egallashi bugun biz bilan birga siz — ota-onalarning mas’uliyatiga bog‘liq ekanligini chuqur anglaylik! “Buyuk kelajagimiz egalarini birga asraylik!” degan so‘zlarni o‘zimizga shior qilib olaylik. Farzandlarimizning yurish-turishlaridan, darslarga o‘z vaqtida borib-kelishidan, xulqi, odobi va fe’l-atvoridagi o‘zgarishlardan ogoh bo‘laylik.