Chiroqchi tumanida aholi soni 262 754 nafarni tashkil etib, ulardan mehnatga layoqatli aholi soni 131 786 nafarni, iqtisodiy faol aholi 93 587, band aholi soni 85 471, iqtisodiyotning rasmiy sektorida bandlar 19933, iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar 55 172, xorijga ishlash uchun ketganlar 8 337 tashkil etmoqda. Ishsizlar soni 8181 nafarni (ishsizlik darajasi 8,8%) ni tashkil etmoqda.
Band bo‘lmagan aholini ish bilan ta'minlash maqsadida 2023 yil uchun ishlab chiqilgan “Bandlik dasturi” asosida ish olib borildi va bo‘limga ish so'rab murojaat qilgan 4 561 nafar fuqarolarning 2 047 nafari ishga joylashtirilgan. Ularning 385 nafari maktablarga, 163 nafari maktabgacha ta’lim tashkilotiga, 189 nafari tuman tibbiyot birlashmasiga, 357 nafari fermer xo'jaliklariga, 319 nafari xususiy korxonalarga va boshqa tashkilotlarga 634 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi.
“Bandlik dasturi” asosida ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish yil davomida 801 nafarni tashkil etib, dastur bajarilishi 101.0 foizni tashkil etdi. Kasb o‘quviga jalb etilganlardan:
tikuvchilik yo‘nalishida – 451 nafar,
qandolatchilik yo‘nalishida – 42 nafar,
zardo'zlik yo‘nalishida -38 nafar,
santexnika yo'nalishida -21 nafar,
duradgorchilik yo'nalishida -10 nafar,
elektrotexnika yo‘nalishida - 6 nafar,
payvandlash yo‘nalishida – 12 nafar va boshqa yo‘nalishlarda 110 nafar yoshlar kasb-hunarga ega bo‘lishdi.
“Bandlik dasturi”ga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 oktyabrdagi 799 sonli “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilganlar 520 nafarni tashkil etib, shundan 312 nafar xotin-qizlar va 217 nafari yoshlarni tashkil etdi. Tumanda ishsizlarni ish bilan ta'minlash samaradorligini oshirish maqsadida 2023 yil davomida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan hududlarda 13 marotaba "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari" o‘tkazildi. O‘tkazilgan ushbu yarmarkalarda 283 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi 1345 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi va 263 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi.
R.Qodirov,
Chiroqchi tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i.