Ишонч телефони:

+99 875 562 30 09

Bugun O'zbekistonda 96 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Shu kungacha sog'ayganlar soni 357 nafarga etdi

--- 21-апр, 19:509 820

Avval ham aytganimizdek, darddan forig' bo'layotgan insonlar quvonchi koronavirus pandemiyasi bilan kurashayotgan shifokorlarga kuch-g'ayrat bag'ishlamoqda. Bu kabi xushxabarlar esa dunyoni tahlikaga solayotgan koronavirus infeksiyasi bilan samarali kurashish mumkinligi, hatto, g'olib bo'lish imkoni borligini ko'rsatmoqda. 

Bugun O'zbekistonda 96 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Shu kungacha sog'ayganlar soni 357 nafarga yetdiQahramon shifokorlarimiz esa ushbu vazifani sharaf bilan bajarishayotganiga guvoh bo'lib turibmiz.

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 13 nafari butkul sog'aydi. Ular Sog'liqni saqlash vazirligi mas'ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog'aygan bemorlarning 3 nafari erkak, 10 nafari ayollardir. Ulardan 11 nafari poytaxtimizdan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlardan 1 nafari charter reysda Turkiyadan Toshkentga kelgan. Qolgan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo'lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 71 yoshda bo'lsa, eng yoshi kichigi esa 2019 yilda tug'ilgan. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so'nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo'qligini ko'rsatdi.

Ilk koronavirus infeksiyasiga chalinganlarni qabul qilgan mazkur klinika jamoasi birdamligi, mahorati va tajribasi bemorlarning sog'ayishida hal qiluvchi rol o'ynaganini alohida ta'kidlash lozim.

Quvonarli jihati, bugun mamlakatimizda ayni paytga qadar koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soniga nisbatan ushbu kasallikdan sog'ayganlar ko'rsatkichi keskin oshib,  96 nafarga yetdi.

Shunday qilib, ayni paytga qadar mamlakatimiz bo'ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog'aygan bemorlar bugun, avvalgi kunlarga nisbatan eng yuqori ko'rsatkichni qayd etgan holda, ularning soni shu kungacha 357 nafarni tashkil etmoqda.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

 
Ўхшаш янгиликлар

Янгиликларга обуна бўлинг

Бизнинг хабарномамизга обуна бўлиш учун қуйидаги электрон почта манзилингизни киритинг

Биз ижтимоий тармоқларда
Календарь
«    Март 2023    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
ИНТЕРАКТИВ ХИЗМАТЛАР