Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Chiroqchilik chin yetim bolalar uyli bo‘ldi

yangiliklar 29-дек, 15:349 245
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida Chiroqchi tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Tumanning Chiroqchi mahallasida qurilgan ko‘p qavatli zamonaviy uy-joylardan biri,  tumanning Istiqlol mahallasida istiqomat qilayotgan chin yetim bo‘lgan Elmurodov Og‘abek Gʻofur o‘g‘liga va yana bir xonadon kaliti qalqamalik Qayumov Nurmurod Qubonboy o‘g‘liga tuman hokimi Fayzulla Yusupov tomonidan tantanali ravishda topshirildi. 
- Uyli bo‘lish baxtini ko‘proq sizlar his etasizlar, - dedi Fayzulla Yusupov. – Prezidentimizning qarorlari bilan ko‘plab chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga cheksiz baxt ulashmoqda. Sizlarni yangi uy-joy bilan muborakbod etaman. Kelajakda Vatan ravnaqi va rivojiga munosib hissa qo‘shadigan insonlar bo‘lishingizga tilakdoshman. 
- Shaxsiy uyimiz bo‘lishi haqidagi o‘ylarim yillar davomida azob berib keldi, - deydi Og‘abek Elmurodov. - Orzularimizni amalga oshirgan Prezidentimizga rahmat. Otalarcha berilgan bu mehrni Vatanga, xalqimizga va Prezidentimizga sadoqatli xizmatimiz bilan qaytaramiz.
Uylarning barchasi yoshlarning o‘zlariga rasmiylashtirilib beriladi.
Risolat Nomozova,
Tuman hokimligi, bolalarni himoya qilish shoʻba mudiri.
O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
INTERAKTIV XIZMATLAR