Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Yashnaobod mahallasida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etiladi

yangiliklar 26-дек, 20:119 451
2024 yilda Chiroqchi tumanining Yashnaobod mahallasida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha qator amaliy ishlar bajarilishi rejalashtirilgan.
Bugun tuman hokimi Fayzulla Yusupov hamda Prezident Qabulxonasi mudiri Asadulla Nasrullayevlar Yashnaobod mahallasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarni manzilli o‘rganishdi.
Mahalla bo‘ylab o‘rganish ishlarini olib borgan tuman rahbari mahallada yangi mahallaning ma’muriy binosi, QVP binosi, sport va vorkout maydonchalarini qurish rejalashtirilgan manzillarni ko‘zdan kechirdi. Mahalliy aholi vakillari bilan bo‘lgan muloqot chog‘ida tuman hokimi Fayzulla Yusupov 2024 yilda mahalla yangi qiyofaga kelishi, aholi uchun qulay turmush tarzi yaratilishi xususida batafsil ma’lumotlar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda mahallada 2171 nafar aholi istiqomat qilmoqda. “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlari doirasida davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mahalladagi ichki yo‘llarni tartibga keltirish, elektr va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, otalar choyxonasini qurish, aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish kabi dolzarb vazifalar amalga oshiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
INTERAKTIV XIZMATLAR