Hisor tog‘ tizmalari etagida joylashgan Chiroqchi tumani markazidan olis tog‘li Langar, Tarag‘ay va Quruqsoy mahallalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida tog‘li qishloqlarga borgan tuman hokimi Fayzulla Yusupov boshchiligida mutasaddi rahbarlar ishni "Langar ota" qadamjosini ziyorat qilishdan boshladi.Dengiz sathidan 1000 metr balandlikda joylashgan "Langar ota" qadamjosida Qur’on tilovat qilgan tuman hokimi boshchiligidagi rahbarlar ziyorat turizmi manziliga aylanib borayotgan qadimiy "Langar ota" qadamjosi va O‘rta Osiyodagi eng qadimiy masjidlardan biri "Abul Hasan Ishqiy" masjidi atrofini obodonlashtirish hamda Quruqsoy mahallasidagi ibtidoiy davr san’atining muhim yodgorligi sanalgan Siypantosh bitiklari, Tarag‘ay mahallasida buyuk sarkarda Amir Temur yoshligi o‘tgan tog‘li mazillarga sayyohlar oqimini jalb qilish uchun tog‘li qishloqlar infratuzilmasini shakllantirish, sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mehmon uylari va o‘zbekona o‘tovlar tashkil etish xususida qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni muhokama qilishdi.
Davlat rahbarining bevosita tashabbusi va tavsiyasi asosida Chiroqchi tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududni obodonlashtirish borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xayrli tashabbuslar doirasida 2024 yil davomida tumanning Langar, Tarag‘ay va Quruqsoy mahallalarida katta loyihalar amalga oshiriladi. Mazkur keng qamrovli ishlar tog‘li mahallalarda sanoat ishlab chiqarishi va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini kengaytirish, yangi yerlarni o‘zlashtirib, bog‘-rog‘lar barpo etish, yo‘l ta’miri, irrigatsiya tizimini tartibga keltirish, gidroponika usulida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, hudud infratuzilmasini ravnaq toptirish kabi yo‘nalishlarda qator loyihalarni o‘z ichiga oladi.
Chiroqchi tajribasi asosida ro‘yobga chiqayotgan bu yangilanishlar pirovardida hududni rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash imkonini beradi. Tuman hokimi Fayzulla Yusupov Langar mahallasida qurilishi yakunlanib borayotgan va foydalanishga topshirilish arafasida turgan kuniga 50-60 qatnovga ega "Langar Oilaviy shifokorlik pukti"da yakuniy parzozlash ishlari bilan yaqindan tanishib, usta quruvchilarga ishni sifatli va belgilangan muddatda topshirish xususida tegishli tavsiyalar berdi.
"Langar Oilaviy shifokorlik pukti"ning foydalanishga topshirilishi bilan Langar, Tarag‘ay va Qurqusoy mahallalarida istiqomat qilayotgan 15 mingdan oshiq aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati oshib, aholining uzog‘i yaqin, mushkuli oson bo‘ladi. Zamonaviy tibbiy jihozlar va sakkizta tibiiy brigada bilan ta’minlanishi rejalashtirishgan Langar OSHPning foydalanishga topshirilishi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatining oshishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tuman hokimi boshchiligida mutasaddi rahbarlar tog‘li mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi davomida o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilish boshlagan fuqaroning qurilish ishlari ustidan chiqib qolishdi. O‘rganishlar davomida tuman hokimi fuqaroga noqonuniy ravishda qurayotgan qurilish ishlarini to‘xtatishi va mutasaddi rahbarlarga mazkur ishni qonuniy o‘rganib chiqish uchun tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Tumanning Qalqama mahallasida joylashgan "Qalqama oziq-ovqat dehqon bozori" MCHJ 2010 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘tgan yillar davomida bozor majmuasida bir necha bor qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilgan. Turizm manziliga aylanib borayotgan tog‘li hudud aholisi 2024 yilda yana bir yangilikning guvohi bo‘lishadi. Mahalliy ahamiyatga ega 4K 287 avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan bozor o‘rnida zamonaviy shaharsozlik namunalari asosida yangi bozor majmuasining qurilish loyiha hujjatlari tayyorlanmoqda.

Loyiha qiymati qariyib 3.5 mlrd.dan ziyod mablag‘ evaziga milliy arxitektura namunalari asosida yangidan quriladigan mazkur bozor qurilish ishlari 2024 yilning mart oyidan boshlanishi rejalashtirilmoqda. Loyiha hujjatlari bilan tanishgan tuman hokimi Fayzulla Yusupov 2024 yilning II choragi davomida eski ko‘rimsiz bozor o‘rnida yangi zamonaviy barcha qulayliklarni o‘zida mujassam etgan milliy ko‘rinishdagi bozor majmuasini qurish xususida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Davlatimiz rahbarining xalqimizni hayotdan rozi qilishdek ulug‘vor maqsadga erishish yo‘lida islohotlarni "mahallabay" asosda amalga oshirish, barcha qishloq va mahallalarimizni jadal rivojlantirishga birinchi darajali e’tibor qaratayotgani yangi O‘zbekistonda har bir fuqaro, har bir inson davlatimiz e’tiborida ekanligini anglatadi.