Ишонч телефони:

+99 875 562 30 09

Chiroqchida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlandi

yangiliklar 28-окт, 10:119 222
Prezidentimiz topshiriqlari bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tumanimizda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda. 
Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan, aniqrog‘i tuman markaziga olib keluvchi 4R 79 davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan mahallalardagi aholi xonadonlari, hovli devorlari, tadbirkorlik ob’yektlari atrofini tartibga keltirish, "Yashil makon" umummilliy loyiha doirasida mazarali daraxt ko‘chatlarini ekish, yo‘l bo‘yi infratuzilmalarini rivojlantirish, bo‘sh turgan tadbirkorlik ob’yektlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida tuman hokimi Fayzulla Yusupov rahbarligida mutasaddi tashkilot vakillari bugun manzilli o‘rganish ishlarini olib borishdi.
Tuman markaziga olib keluvchi 4R 79 davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo‘li bo‘ylab, 5-6 kilometr masofani yayov yurib, tumanning Yangiqishloq va Paxtaobod mahallalarida olib borilishi rejalashtirilgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish, qilinishi zarur bo‘lgan ishlarni kechiktirmasdan boshlash xususida tuman hokimi Fayzulla Yusupov mutasaddi rahbarlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Ayni kunlarda 4R 79 davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo‘li yoqasida foydalanilmasdan turgan maydonlarga manzarali daraxt nihollari hamda tok so‘rilari o‘rnatilib, uzum ko‘chatni ekish ishlari olib borilmoqda.


Ўхшаш янгиликлар

Янгиликларга обуна бўлинг

Бизнинг хабарномамизга обуна бўлиш учун қуйидаги электрон почта манзилингизни киритинг

Биз ижтимоий тармоқларда
Календарь
«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
ИНТЕРАКТИВ ХИЗМАТЛАР