Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

HOKIM: BERGAN TOPSHIRIQLARI IJROSI QAY DARAJADA TA’MINLANLIGI BILAN QIZIQDI...

yangiliklar 06-ноя, 22:289 302
Xabaringiz bor, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joylardagi bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 24-25 oktyabr kunlari viloyatimizda bo‘ldi. Tashrif davomida xalqni rozi qilish borasida qilinayotgan ishlarni hamma sezishi, buning uchun joylardagi rahbar va mas’ullar ham vijdonan mehnat qilishi ta’kidlandi.
Shu maqsadda, tuman hokimi Fayzulla Yusupov tibbiyot birlashmasida aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammolarni hal qilish yuzasidan olib borgan o‘rganishlari davomida bergan topshiriqlari ijrosi qay darajada ta’minlanganligini ko‘rish maqsadida bugun qosh qorayib ketgan bo‘lishiga qaramay tibbiyot birlashmasida salomatligini tiklayotgan bemorlar holidan xabar olish hamda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida markaziy shifoxonaga bordi. 
Tanqidiy-tahliliy ruhda olib borilgan o‘rganishlar davomida tuman hokimi birlashmaga kelgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan kutish zallarida tez tayyor bo‘ladigan taomlar tayyorlash, fitobar tashkil etish hamda televizor, WFI va kondenseonerlar o‘rnatish xususida bergan topshiriqlari ijrosi yetarli darajada ta’minlanmaganligini ko‘rib, mutasaddi rahbarlar faoliyatini tanqid ostiga oldi.  Bemorlar ortidan kelgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida o‘rnatilgan o‘rindiqlarni zamoanviy uslubdagi o‘rindiqlarga almashtirish kerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, birlashma hovlisidagi avtoturargohni tartibga keltirish, tibbiyot birlashmasiga shaxsiy avtotransport vositasida kelib-ketuvchi fuqarolarning avtomashinalari birlashma hovlisida betartib joylashtirilishini olini olish, yo‘laklarni asfaltlash, suv inshootini ta’mirlash hamda kanalizatsiya tarmoqlarini tortish ishlarini qisqa fursatda yakuniga yetkazish va kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb vazifalarni bajarish xususida mas’ullarga qat’iy ko‘rsatmalar berib, ijrosini nazoratga oldi.
Birlashmada olib borilgan o‘rganishlar davomida tuman hokimi Fayzulla Yusupov salomatligini tiklayotgan bemorlar holidan xabar olib, ular bilan dildan suhbatlashdi hamda bemor bolajonlarga badiiy kitoblar sovg‘a qildi. Shuningdek, xo‘jalik hisobidagi bo‘limlarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdi. Shifoxonaga kelgan fuqarolar va bemorlar uchun birinchi navbatda qulaylik yaratish, ular bilan iliq munosabatda bo‘lish to‘g‘risida shifokorlarga o‘zining tavsiyalarini berdi.

O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
INTERAKTIV XIZMATLAR