Ayni paytda Chiroqchida ham yerdan samarali foydalanish, aholi daromadini oshirish maqsadida tog‘ yon-bag‘irlarida bog‘zorlarni tashkil etish ishlari boshlab yuborildi.
Tumanning tog‘li "Langar" mahallasidagi tog‘ yon-bag‘irlarida 200 gektar lalmi maydonlarda bog‘ va uzumzorlar yaratiladi. Bugun tog‘li "Langar" mahallasida bo‘lgan tuman hokimi Nodir Erkayev hamda mas’ullar fuqarolar bilan uchrashdi.
Mahalliy aholi vakillari bilan bo‘lgan muloqot davomida tuman rahbari lalmi yerlarda intensiv usulda bog‘zorlar tashkil etish afzalliklari va berilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi "Tomorqachilik ilmiy amaliy markazi" rahbari Muxtorxon O‘rinboyev tog‘ yonbag‘ri va adirlarda qaysi navdagi daraxt ko‘chatlari ekish hamda daraxtlarni parvarishlash texnologiyalari haqida tushuntirishlar berishdi.
Ma’lumot o‘rnida, birgina "Langar" mahallasida 200 gektar yer maydonda bog‘ tashkil qilish boshlab yuborildi, ilgari tashkil etilgan 251 ta dehqon xo‘jaliklariga qarashli 100 gektarga yaqin tokzorlar o‘rnida eksportbop, ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan hamda mayizbop uzumzorlar yangidan barpo etiladi.
Bu kabi tadbirlar tumanning boshqa mahallalаrida ham davom etadi. Kelgusida "Langar" mahallasining yana 3000 gektar, "Tarag‘ay", "Quruqsoy", "Galabek", "Qo‘rg‘ontepa" mahallalarida ham lalmi yerlarda intensiv texnologiyalar asosida bog‘zorlar tashkil etiladi. Shuningdek, tumandagi 30 ming gektar lalmi yerlarda ham bog‘zorlarni tashkil etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Lalmi yerlarda intensiv texnologiyalar asosida bog‘zorlar tashkil etilishi kelgusida hududda aholi bandligini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi tayin.