Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Chiroqchi tumanida ham "Yashil belbog‘"larni barpo etish ishlariga jiddiy e’tibor berilmoqda

yangiliklar 08-фев, 14:159 358
Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish – ezgu an’ana. Chiroqchi tumanida ham "Yashil belbog‘"larni barpo etish ishlariga jiddiy e’tibor berilmoqda.

Yurtimizda ham atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, tabiiy ekotizimlarni saqlash va tiklash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. 
2021 yil noyabr oyida boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi va Davlatimiz rahbari tomonidan 2023 yilning 25 oktyabrdan 1 dekabrgacha “kuzgi daraxt ekish mavsumi”ning e’lon qilinishi “yashil” yo‘nalish O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligidan dalolat beradi.  
Chiroqchi tumanida ham "Yashil belbog‘"larni barpo etish ishlariga jiddiy e’tibor berilmoqda. Bugun tuman hokimligi majlislar zalida o‘tkazilgan ochiq muloqotda ham tumanda "Yashil belbog‘"larni tashkil etishga alohida e’tibor qaratish, yerga qadalgan har bir niholning baravj rivojlanishida kerakli agrotexnik tadbirlarni olib borish xususida so‘z bordi.
Muloqot yakuni esa amaliy ishlarga ulanib ketdi. Tumanning Qirg‘iz mahallasida tashkil etilayotgan "Yashil belbog‘" aksiyasi ishtirokchilariga respublikadan viloyatga biriktirilgan vakil bog‘bon Juma Axmedov daraxt nihollarini yerga qadash va agrotexnik tadbirlarni maromiga yetkazib bajarish orqali yosh nihollarni asrab qolish xususida o‘z tavsiyalarini berdi. Tadbirlarda tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Aksiyada tuman obodonlashtirish bo‘limi, yoshlar hamda nuroniylar faollik ko‘rsatishdi.
O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
INTERAKTIV XIZMATLAR