Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

CHIROQCHIDA OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

yangiliklar 16-фев, 19:389 650
Bugun tumanning "Olmazor" mahallasida faoliyati olib borayotgan "Paxta-g‘alla" fermer xo‘jaligida "Dala madaniyati" tadbirlari doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida borgan tuman hokimi Nodir Erkayev  xo‘jalik hududidan o‘tgan zovurga tashlangan chiqindilar va dala chetlari, sug‘orish va kollektor-drenaj atroflarida tut ko‘chatlari ekilmaganligini ko‘rib, xo‘jalik rahbari faoliyatini tanqid qildi. 
Shuningdek, tuman rahbari Qishloq xo‘jaligi tuman bo‘limi boshlig‘i Erkin Jo‘rayev hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Ilhom Boboyevlarga qisqa fursat ichida to‘planib qolgan chiqindilarni olib chiqilishi va zovur atrofida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish xususida topshiriqlar berdi.
Shu kunning o‘zida zovur atrofiga mahalliy aholi tomonidan tashlab ketilgan maishiy va qurilish chiqindilari "Toza hudud" DUK xodimlari tomonidan tozalanib, maxsus texnikalar yordamida olib chiqib ketildi hamda xo‘jalikka 500 tup tut ko‘chatlari keltirilib, sug‘orish va kollektor-drenaj atroflariga tut ko‘chatlarini yerga qadash boshlab yuborildi. 
Ushbu holat qayta takrorlanmasligi uchun Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan xo‘jalik rahbariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitga jiddiy munosabatni shakllantirish masalalariga dunyoning ko‘plab mamlakatlarida katta e’tibor qaratiladi. 
Lekin shunga qaramay, ba’zi yurtdoshlarimiz chiqindini belgilanmagan joyga, ko‘cha-ko‘yga, daraxt tagiga, ariq ichiga, umuman, duch kelgan joyga tashlash mumkin emasligini tushunib yetmayapti. Eng yomoni, ko‘plab fuqarolar o‘z xonadonlarida hosil bo‘layotgan maishiy chiqindilarni avtotransport vositalari yordamida belgilanmagan joylarga chiqarib tashlamoqda.
Albatta, bizda ham chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash yoki chiqarib qo‘yish uchun jazolar belgilangan. Xususan, ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK-ning 91-modda pr1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 300 ming so‘m jarima qo‘llaniladi.
Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad ,tumanimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni bartaraf etish, aholi salomatligini himoya qilishdir. Eng muhimi hozirgi va kelgusi avlodlar uchun beg‘ubor tabiiy muhitni saqlab qolish, nabotot va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga erishishdir. 

Hurmatli fuqarolar chiqindilarni to‘g‘ri kelgan joyga tashlamang!!!
O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
INTERAKTIV XIZMATLAR