Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tuman Yashnabod mahallasidagi 81-umumiy o‘rta ta'lim maktabining futbol stadioni harob holda yotibdi mazmunidagi murojaat yuzasidan Chiroqchi tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limining dastlabki rasmiy munosabati.
Holat bo‘yicha Chiroqchi tumani Yashnabod mahallasidagi 81-umumiy o‘rta ta'lim maktabining futbol stadioni yer maydoni sobiq mahalla raisi O.S tomonidan 2022-yil 19-dekabr kuni auksionga asossiz ravishda qo‘yib yuborilganligi aniqlangan. Aniqlangan holat bo‘yicha 81-umumiy o‘rta ta'lim maktab direktori sobiq mahalla raisi tomonidan asossiz ravishda auksionga qo‘yib yuborilagn yer maydoni qaytarib olish uchun sudga murojaat qilib hozirgi vaqtda sud tomonidan ajrim chiqarilib asossiz ravishda auksionga qo‘yib yuborilagn yer maydoni maktab balansiga qaytarilgan.
Murojaat yuzasidan maktab direktori tomonidan stadionni tozalash ishlarini amalga oshirilganligi, ob-havo namgarchilik bo‘lib turgani bois ishlar tuxtab turganligi aniqlandi. Aniqlangan kamchilik tez orada bartaraf etilib maktab stadioni o‘quvchilar uchun foydalanishga topshirilishini ma‘lum qilamiz.