Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

CHIROQCHILIK FAXRIY SAMBOCHILAR OSIYO-OKEANIYA CHYeMPIONATIDA 3 TA MEDALNI QO‘LGA KIRITDI

yangiliklar 22-апр, 14:389 358
CHIROQCHILIK FAXRIY SAMBOCHILAR OSIYO-OKEANIYA CHYeMPIONATIDA 3 TA MEDALNI QO‘LGA KIRITDI

Xabaringiz bor, joriy yilning 14-20 aprel kunlari Toshkent shahrida sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada qit’amizning 25 ga yaqin mamlakatidan 600 nafardan ortiq sambochilar turli yosh toifalarida medallar uchun kurash olib borishdi.

Nufuzli musobaqada  sambochilarimiz  umumiy hisobda 69 ta oltin, 29 ta kumush, 45 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Mazkur sovrindorlar qatoridan Chiroqchi tumanining faxriy polvonlari ham munosib joy olishga muvaffaq bo‘lishdi. 

Xususan, 50-54 yosh toifasida +98 kg. da Chiroqchi sport maktabi direktori Anvar Jo‘rayev kumush medal, 60-65 yosh toifasi va 88 kg. da Bahriddin Yarmatov oltin, 40-45 yoshlilar o‘rtasida 98 kg. da Bahodir Davronov bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi.

O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 
INTERAKTIV XIZMATLAR