Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Rasmiy munosabat

yangiliklar / murojaatlar 09-июн, 16:199 33
Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumani Quruqsoy mahallasida istiqomat qilayotgan fuqaro Abdunabi Sheraliyevning 2025 yil pilla hosili uchun uning nomiga 1 quti ipak qurti parvarishlash belgilanganligi va pilla boqmaganligi yuzasidan qilgan murojaati e’lon qilindi.

Aniqlanishicha, fuqaro Abdunabi Sheraliyev va Qashqadaryo viloyati "Agropilla"MCHJ o‘rtasida tumanning Quruqsoy mahallasida joylashgan 1.5 gektar yer maydonidagi tut plantatsiyasidan foydalanish to‘g‘risida ijara shartnomasi mavjud.

Shartnoma shartlariga ko‘ra, fuqaro A.Sheraliyev 2025 yil pilla hosili uchun ipak qurti parvarishlashi ko‘rsatilgan. Mavsum boshi aprel oyida  Chiroqchi "Agropilla" MCHJ rahbari Zarif Gʻaniyev boshchiligida mas’ullar ijarachi A. Sheraliyev foydalanib kelayotgan tut plantatsiyasiga borishadi. Uchrashuvda fuqaro bilan 2025 yil pilla hosili uchun ipak qurti parvarishlash xususida shartnoma qilish borasida so‘z boradi. Afsuski, ijarachi A.Sheraliyev ijara shartnomasida ko‘rsatilgan shartnoma shartlarini bajarishdan bosh tortib, ipak qurti parvarishlashdan bosh tortadi. 

Fuqaro va "Agropilla"MCHJ o‘rtasida tuzilgan ijra shartnomasi bekor bo‘lishini payqagan A.Sheraliyev foydalanib kelayotgan tut plantatsiyasidan ayrilib qolishdan cho‘chib, ijtimoiy tarmoqlar orqali shaxsiy manfaati yo‘lida noxolis axborot tarqatish yo‘lini tutdi.
O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Июнь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 
INTERAKTIV XIZMATLAR