Ишонч телефони:

+99 875 562 30 09

9 may — Xotira va qadrlash kunini oila davrasida nishonlash tavsiya etildi

--- 08-май, 09:529 1 563
Respublika maxsus komissiyasi ayrim fuqarolar va jamoat tashkilotlari tomonidan 9 may — Xotira va qadrlash kunida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulug' faxriylarimizni ushbu bayram munosabati bilan tabriklash va ularning holidan xabar olish yuzasidan berilayotgan ko'plab savollari bo'yicha quyidagilarni ma'lum kiladi:

Bugungi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo va boshqa ko'plab xorijiy mamlakatlar tomonidan 9 may kuni bayram tadbirlari o'tkazishda fuqarolarning jamoat joylarida to'planishi bo'yicha qat'iy cheklovlar qo'llanilayotganligi, shuningdek, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti hamda Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga asosan koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish yoshi kattalarda og'ir kechishini inobatga olib,

- hududlarda "yashil", "sariq" va "qizil" toifalarga ajratgan holda tabaqalashtirilgan karantin cheklovlaridan qat'iy nazar,

- barcha hududlarda 9 may — Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbirlarni o'tkazish hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulug' faxriylarning holidan xabar olishTAQIQLANADI va barchamiz uchun ulug' ushbu bayramni faqat oila davrasida nishonlash tavsiya etiladi.

Ta'kidlash joizki, ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini bayram munosabati bilan tabriklash va rag'batlantirish tadbirlari sanitariya talablariga rioya qilgan holda davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi ta'minlanadi.

Bundan tashqari, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida jamoat joylarida harakatlanishda, savdo do'konlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash, shuningdek, uch kishidan ko'p shaxslarning to'planishi bo'yicha talablar saqlanib qolganligi, ushbu talablarni buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishga sabab bo'lishi mumkin.
Ўхшаш янгиликлар

Янгиликларга обуна бўлинг

Бизнинг хабарномамизга обуна бўлиш учун қуйидаги электрон почта манзилингизни киритинг

Биз ижтимоий тармоқларда
Календарь
«    Март 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
ИНТЕРАКТИВ ХИЗМАТЛАР